So’nggi yangiliklar

18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  1 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  3 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  12 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  8 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  4 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  10 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  36 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  11 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2

Marat Miftaxuddinov: "Rejamiz ish berdi" Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: "Rejamiz ish berdi"

"Hokim Kubogi"ning 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Turon-2" (3:2) uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" murabbiyi Marat Miftaxuddinov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Taxmin qilganimdek bo'ldi. «Turon» bugun aralash tarkibning xizmatidan foydalandi. Bunga tayyor edim. Rejaga ko'ra, birinchi bo'limda yosh o'yinchilarni maydonga tushirib, ikkinchi taymda tajribali futbolchilar hisobiga o'yinni kuchaytirmoqchi edim. Hammasi reja asosida ketdi. Darvozabonimizning xatosini inobatga olinmasa tanaffusga g'olib bo'lib yo'l olishimiz kerak edi, ammo bo'limni mag'lub holda yakunladik. Zaxiradan maydonga tushgan tajribali futbolchilar jamoamiz o'yinini kuchaytira oldi va irodali g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun qaysidir manoda taktik futbolga guvoh bo'ldik.

Kecha aytganimdek, biz musobaqa orqali yangi mavsumga ham tayyorgarlik ko'ryapmiz. Albatta murabbiy sifatida kubokni qo'lga kiritishni istayman, biroq Superligani ham unutmaslik zarur. SHuning uchun Farg'onaga kelganimizdan beri futbolchilarga dam berayotganimiz yo'q. Xususan, ertaga ham ikki mahal mashg'ulot o'tkazamiz. Bu orqali albatta yigitlarga og'ir yuklamalar beramiz. SHuning uchun uchrashuv davomida futbolchilarning harakatida og'irlik sezilishi mumkin. Buni to'g'ri qabul qilish kerak",- deydi Marat Miftaxuddinov. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика