So’nggi yangiliklar

14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  9 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  1 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  4 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  13 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  4 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  5 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  3 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  15 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  5

Marat Miftaxuddinov: “Oq-tepa” bilan oliy ligaga chiqish uchun kurashamiz” Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: “Oq-tepa” bilan oliy ligaga chiqish uchun kurashamiz”

Yaqinda birinchi liga ishtirokchisi “Oq-tepa” bosh murabbiyi etib tayinlangan Marat Miftaxuddinov yangi jamoasida ishni boshladi.

O'tgan mavsum "Lokomotiv"da bosh murabbiy Vadim Abramovga yaqindan yordam bergan mutaxassis endilikda o'zi mustaqil ravishda jamoani boshqaradigan bo'ldi. 

- Marat Valentinovich, o'tgan mavsum “Lokomotiv”dan ketganingizdan so'ng sizni hech qaerda uchratmadik. Aytingchi bungacha qanday ishlar bilan band edingiz?

- “Lokomotiv” bilan xayrlashgach asosan uyda bo'ldim. Nazarimda har bir inson ishlab ketgan joyidan keyin faoliyatini tahlil qiladi. Men ham yo'l qo'yilgan xatolar ustida o'ylab chiqdim. SHu bilan birga yaxshilab dam olishga ulgurdim.  

- “Oq-tepa”ning taklifi siz uchun kutilmagan bo'ldimi? Negaki, bungacha asosan yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgansiz. 

- Albatta. “Oq-tepa” men uchun boshqa takliflar orasida eng maquli bo'ldi. CHunki boshqa klublardan ham o'ziga yarasha chorlovlar tushgandi. Hammasini tarozini pallasiga qo'yib, o'ylab ko'rgach, birinchi liga jamoasida ishlashni lozim topdim. 

- Bu klubga rahbariyatning taklifi bilan kelgan bo'lsangiz kerak?

- Ha, jamoa xo'jayinlari chaqirdi. Suhbatlashib oldik. Endi astoydil ishga kirishish talab etiladi. 


- Jamoani qabul qilib olayotganingizda qanday vazifalar qo'yildi?

- O'zingizga yaxshi malumki, “Oq-tepa” bir necha yillardan beri o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelmoqda. Ammo jamoaning kuchlilar safiga chiqishi amalga oshmayapti. Nasib qilsa buni joriy yil uddalashga xarakat qilamiz. Klub rahbarlari bilan gaplashganimizda ham shu haqda gap bordi. 

- Yangi jamoangizda 3-4 kun mashg'ulot o'tkazdingiz. Xo'sh, ilk taassurotlar qanday?

- Jamoa bilan tanishib chiqdim va menga yoqdi. Klubning ajoyib qarorgohi mavjud bo'lib, u erda hammasi zamonaviy tarzda barpo etilgan. Ishlash uchun bundan ortiq sharoitni talab qilish ham yarashmaydi. O'ylaymanki bu darajadagi baza oliy liganing ayrim klublarida ham yo'q. 

- Bungacha sizni deyarli yordamchi murabbiy postida ko'rganmiz. Endilikda esa natijaga to'liq siz javobgar bo'lasiz. Bunga tayyormisiz? 

- Har bir murabbiy qachondir mustaqil biror jamoani boshqarishni istaydi. Yosh murabbiylardan emasman. Ko'p yillardan buyon futbol bilan hamnafasman. Tajribali murabbiylar bilan birga hamkorlik qilib, o'zimga yarasha mahoratimni oshirdim deb o'ylayman. Nima qilish kerakligini juda yaxshi bilaman. SHunday ekan hech qanday qo'rquv yoki hayajon yo'q. 

- Birinchi ligada oldin “Mashal”da ishlaganingizni yaxshi bilamiz...

- Ha, malum muddat muborakliklar bilan birinchi ligada ishladik. Ammo undan oldin aniqrog'i 1999 yili birinchi ligada “G'azalkent”ni  bosh murabbiy sifatida boshqargandim.  


- Birinchi liga o'yinlarini kuzatib borayotganmidingiz?

- To'g'risini aytganda, so'nggi paytlarda bunga imkon bo'lmayotgandi.  

- O'tgan yili “Oq-tepa”da o'ynagan ko'plab etakchi futbolchilar ayni damda oliy liga klublari yig'inida ishtirok etmoqda. Tarkibdagi yo'qotishlar sizni o'yga solayotgan bo'lsa kerak?

- Bilaman ayrim o'yinchilar o'zlarini elita klublarida sinab ko'rish maqsadida yuribdi. Ular hozircha ko'rikdan o'tmoqda. Demoqchimanki yana jamoamizga qaytib kelishi ham mumkin. 

- Rejangiz bo'yicha bu yil tarkib qay tariqa shakllanadi?

- Mahoratli futbolchilardan ham taklif etishni o'ylab turibmiz. SHuningdek ikkinchi liga jamoalaridan iqtidorli yoshlarni sinov orqali, safimizga qo'shib olishimiz ham mumkin. Tarkib o'rtacha yoshda bo'ladi. Bugungi kunda ham ko'plab futbolchilar yig'inimizda ishtirok etmoqda. Lekin ularning ko'pchiligi bilan yaqindan tanishib ulgurmadik. Asosan yoshlar.  

- Bo'lajak mavsumga tayyorgarlik rejalar qanday?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, bizda sharoitlar ko'ngildagidek. Suniy maydonga egamiz. Trenajyor zali bor. Qolaversa poytaxtda sparring raqib topish ham muammo emas. SHuning uchun fevral oyida bo'lib o'tadigan PFL Kubogida ishtirok etmaymiz. CHempionatga asosan o'z qarorgohimizda hozirlik ko'riladi. 

- Murabbiylar shtabini aniqlab oldingizmi?

- O'tgan yili bosh murabbiy Eldor Sakaevga yordam bergan SHamil Iseev ham klub bilan xayrlashibdi. Darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy Aleksandr Kit esa hamon jamoada. Yana bir nafar yordamchi murabbiy olsak bo'lgani. Hozir bu o'ringa kimni chaqirishim mumkinligini aytmay turganim maqul. To'g'risi menga birinchi ligani yaxshi biladigan yordamchi kerak. Yaqin orada uning kimligi rasman malum bo'ladi. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика