So’nggi yangiliklar

17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  0 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   4 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  9 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2

Marat Jumakeev: "Qizil kartochka yigitlarga tasir qilmadi" Yangiliklar

Marat Jumakeev: "Qizil kartochka yigitlarga tasir qilmadi"

"CAFA U-16 Championship" doirasida Tojikiston termasiga qarshi o'yindan keyin Qirg'iziston termasi bosh murabbiyi Marat Jumakeev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Turnirning birinchi o'yini ruhiy tomondan ham futbolchilar uchun juda muhim edi. Bunday ob-havoda futbol o'ynash juda qulay bo'ldi. Yigitlarim yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. Himoyadan hujumga o'tishda ishonchli harakat qilishdi. Birinchi bo'limda biz yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga ikkita gol qo'yib yubordik. Bu yoshdagilar ko'p xatolarga yo'l qo'yishadi. Qizil kartochka ham yigitlarga tasir qilmadi. SHogirdlarim xarakter ko'rsata olishdi.

Durang o'ynadik, Tojikiston termasi bilan durang yomon emas. Qarshi hujumlarda, undan tashqari yaratilgan vaziyatlardan foydalanmaganimiz uchun durangni emas, g'oliblikni qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. Raqiblar ham vaziyatlarni ko'kka sovurganini hisobga olsak, barchasi joyida.

Tojikiston termasi ham anchagina yaxshi. Kuchli o'ynashmoqda, faqatgina oldinga harakat qilishmoqda. Ikkinchi va uchinchi zonada o'yinni nazorat qilishmoqda, iloji boricha ko'proq zarbalar berishga intilishar ekan. Tojikiston termasida yaxshi futbolchilar yig'ilgan, ularda kuchli terma bor", - dedi Jumakeev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика