Marat Jumakeev: "Qizil kartochka yigitlarga ta’sir qilmadi"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2018, 22:23
"CAFA U-16 Championship" doirasida Tojikiston termasiga qarshi o'yindan keyin Qirg'iziston termasi bosh murabbiyi Marat Jumakeev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Turnirning birinchi o'yini ruhiy tomondan ham futbolchilar uchun juda muhim edi. Bunday ob-havoda futbol o'ynash juda qulay bo'ldi. Yigitlarim yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. Himoyadan hujumga o'tishda ishonchli harakat qilishdi. Birinchi bo'limda biz yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga ikkita gol qo'yib yubordik. Bu yoshdagilar ko'p xatolarga yo'l qo'yishadi. Qizil kartochka ham yigitlarga ta’sir qilmadi. Shogirdlarim xarakter ko'rsata olishdi.

Durang o'ynadik, Tojikiston termasi bilan durang yomon emas. Qarshi hujumlarda, undan tashqari yaratilgan vaziyatlardan foydalanmaganimiz uchun durangni emas, g'oliblikni qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. Raqiblar ham vaziyatlarni ko'kka sovurganini hisobga olsak, barchasi joyida.

Tojikiston termasi ham anchagina yaxshi. Kuchli o'ynashmoqda, faqatgina oldinga harakat qilishmoqda. Ikkinchi va uchinchi zonada o'yinni nazorat qilishmoqda, iloji boricha ko'proq zarbalar berishga intilishar ekan. Tojikiston termasida yaxshi futbolchilar yig'ilgan, ularda kuchli terma bor", - dedi Jumakeev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia