So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Marat Bikmaev: “Yana terma jamoadan chaqiruv olganimdan xursandman” Yangiliklar

Marat Bikmaev: “Yana terma jamoadan chaqiruv olganimdan xursandman”

Kuni-kecha O'zbekiston yilliy terma jamoasining Baxraynga qarshi o'yin oldidan o'tkaziladigan yig'iniga taklif etilgan futbolchilarning ro'yxati elon qilindi.

Undan Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Marat Bikmaev ham o'rin olgan. Boshidan og'ir jaroxatlarni o'tkazgan Bikmaev bir necha yillardan so'ng yana terma jamoadan chaqiruv oldi. Biz esa shu munosabat bilan Maratni suhbatga chorladik.

- MTJning navbatdagi yig'iniga taklif etildingiz. Bu haqda eng avvalo kimdan yoki qaerdan xabardor bo'ldingiz?
- Dastlab internet saytlarida o'qib qoldim. Keyin yigitlar ham aytishdi. To'g'risi, bu chaqiruv meni yanada xursand qilib yubordi. Buning uchun terma jamoa murabbiylariga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Faqat ochig'ini ayting, taklif etilishingizni kutganmidingiz?
- Albatta. Menimcha har qanday futbolchi milliy terma jamoadan chaqiruv kutib yashaydi. SHu jumladan men ham yana qachonlardir bosh jamoamiz libosida o'ynashga umid qilib yurgandim. Yaratganga shukur, niyatimga etdim.

- Oxirgi marta qachon milliy terma jamoa libosida maydonga tushganingizni eslay olasizmi?
- (Biroz o'ylanib) Adashmasam so'nggi bor Qirg'izistonga qarshi bahsda o'ynagandim. O'shanda bosh jamoamizga Vadim Abramov ustozlik qilardi.


- Boshingizdan shunday og'ir jarohatlarni o'tkazganingizni va ko'p marotaba operaciya stoliga yotishga majbur bo'lganingizni juda yaxshi bilamiz. Bunday xollarda ko'pchilik futbolchilikni yakunlab qo'ya qoladi. Siz esa nafaqat futbolga qaytdangiz. Balki yana MTJdan ham chaqiruv olmoqdasiz. Bunga qanday erishmoqdasiz?
- Haqiqatdan ham shu kungacha ko'p marotaba boshimdan og'ir damlarni o'tkazdim. To'g'risi, hozir jaroxatlarni eslagim kelmaydi. Buni tezroq unutishga xarakat qilaman. Ochig'ini aytganda, futbol o'ynashdan tashqari boshqa xunarim yo'q. Boshqa kasb bilan shug'ullanishni hayolimga ham keltirmaganim uchun ham o'zimga-o'zim doim so'z berib kelganman: men yana katta futbolga qaytishim kerak. Buning uchun tezroq oyoqqa turib olishim zarur deb. Yaratganga shukur, hammasi ortda qoldi va yana men sevgan mashg'ulotim bilan bandman. Operaciyadan so'ng shifokorlar mashg'ulot boshlashimga ruhsat bergach, o'z ustimda tinimsiz ravishda ishladim. Hali yana bemalol o'ynay olishimga ishondim.

- Bu yilgi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Nima desam bo'ladi? 50x50. Nolimayman bu yil ishlarim yaxshi. Bir nechta gollar urdim va asosiysi yana MTJdan chaqiruv oldim. Lekin bu men uchun yuqori daraja emas deb bilaman. Yanada optimal formaga kirish uchun jiddiy ishlayapman. Bunga menimcha bir yil kerak. Oyog'im ham bazida og'rib turadi, havo o'zgargan paytlarda. Buni men kabi boshidan shunday jaroxatni o'tkazganlar yaxshi biladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика