So’nggi yangiliklar

23:38Конате “Реал”га ўтадими?  0 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  0 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  38 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  4 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  4 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0 18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  9 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  34 15:56"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган  7 15:49Ўртоқлик ўйини. “Бухоро” Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  3

Marat Bikmaev: "Xorij yig'ini foydali bo'ldi" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Xorij yig'ini foydali bo'ldi"

Toshkentning Lokomotiv jamoasi kuni-kecha Birlashgan arab amirliklaridagi yig'inni yakunlab, yurtimizga qaytib keldi. SHundan so'ng xorij yig'ini haqida Marat Bikmaevning fikrlariga qiziqdik.
- Albatta mazkur xorij yig'ini foydali bo'ldi deya olaman. SHaroitlar ajoyib. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borildi. Jismoniy tayyorgarlik va taktik jihatlar ustida ishladik. Menimcha murabbiylar o'ylagan rejalarini amalga oshirdi.

- Jarohatlar sababli oxirgi ikki yildan buyon qishki yig'inlarda ishtirok eta olmay kelayotgandim. Xudoga shukur hozir hammasi men uchun yaxshi. Og'riqlar ortda qoldi va butun etiborimni sport formamni tiklashga qaratganman. Buning uchun ko'proq ishlash kerak. Rasmiylar o'yinlar boshlanishiga oz qolyapti, umid qilamanki yana avvalgi darajamga qaytishga ulguraman.

- Nazorat uchrashuvlari haqida nima deyishim mumkin? Tarkibimiz yangitdan shakllanib borayotgani sababli ham yigitlar bir-birlarini hali to'liq tushunib ketishmagan. Qolaversa murabbiylar har bir o'yinga aralash tarkibni maydonga tushirdi. Hammaga imkoniyat berildi. SHu orqali kimning nimaga qodir ekanligini ko'zdan kechirib olishdi.

- Ha, bu yil tarkibda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Viktor Karpenko, Sadriddin Abdullaev, Farhod Tojiev kabi o'yinchilar jamoa bilan xayrlashdi. Albatta ularning tajribasi yuqori edi. O'rni bilinsa kerak. Lekin hozir tarkibimizdagi o'yinchilarning ham ishtiyoqi yuqori ekanligi ko'rinib turibdi. Masalan o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Neftchida o'tkazgan Sardor Mirzaev bilan Rahmonov BAAdagi yig'inda shaxsan menda yaxshi taassurot qoldirdi. SHuningdek Sanjar SHoahmedovning ham oliy ligada yaxshigina tajriba orttirganligi ko'rinib turibdi.

- Ko'rikda bo'lgan legionerlar to'g'risida ham fikrlarim ijobiy. Braziliyaliklar baribir ajralib turdi. Menimcha jamoamizga yordam bera oladi. Lekin baribir yakuniy xulosani murabbiylar shtabi hal qiladi.

- Endi 23 yanvardan yana Toshkentda yig'ilamiz va menimcha fevral oyida yana xorijda yig'in tashkil etiladi. Faqat bu safar Turkiyaga borilsa kerak - deydi Marat Bikmaev.


Islombek Rustambekov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика