Marat Bikmaev qaerda o'ynash yoqishini aytdi
10 noy 2017 18:32
Yangiliklar
Marat Bikmaev qaerda o'ynash yoqishini aytdi
- BAAga qarshi o'yinga juda kam muddat bor. Hozircha BAA bilan o'yinda qaysi taktikada o'ynashimizni bilmayman. O'ylashimcha, Berdiev qo'l ostida biz hujumkor uslubda o'ynaymiz.
Terma jamoa yig'iniga kelganidan so'ng barcha o'z klubi haqida unutadi. CHunki vatan jamoasi barchasidan ustun. Ayni paytda hamma faqat terma jamoa haqida o'ylamoqda. Yig'inga kelganimizda vaqtincha klubdagi ishlarimizni unutib turamiz. Biz bo'lajak bahsda taraddud ko'rishni erta tongdan boshlab yuborganmiz.

Marat Bikmaev bir o'zi BAAga gol urib, ularni mag'lub etishi imkonsiz. Agarda jamoadoshlarim menga ko'maklashishsa, albatta BAAni jamoaviy o'yin bilan mag'lub etamiz.
Qaysi poziciyada o'ynash ko'proq maqul? Vaziyatdan kelib chiqib hujumkor vinger yoki markaziy hujumda o'ynayveraman. Agarda o'zimga tanlash imkoniyati bo'lganidami? Hujumchiga albatta markaziy hujumda o'ynash ko'proq yoqadi. Bu meni eng yaxshi ko'rgan poziciyam.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar