So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Marat Bikmaev: "Gollarimni otamga bag'ishlayman" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Gollarimni otamga bag'ishlayman"

Bugun AGMK darvozasiga ikkita gol urgan Marat Bikmaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Marat, g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yinni zaxiradan boshlash sizning kayfiyatingizga tasir qilmadimi? Maydonga tushishingizdan oldin murabbiylar sizga nima dedi?

- Nega tasir qilarkan? O'yinni asosiyda boshlaymanmi yoki zaxirada farqi yo'q, kayfiyat yuqori nuqtada bo'ladi. Murabbiylar shtabi menga alohida vazifalar yukladi. Biz hujumdagi faollikni oshirib, bosim qilishimiz kerak edi. Umuman olganda, natijadan mamnunman. Qiyin bo'ldi, biroq jamoa o'yinning borishini o'zgartira oldi. O'yinni foydamizga yakunlashga qattiq urindik va bunga erishdik.

- Sovuq qorli havo o'yinning borishiga tasir qildimi?

- Albatta! Bunday sovuqda qancha yugursangiz ham oyoq muzlab qoladi va chiroyli o'yin ko'rsatish qiyin bo'ladi. "Loko"da ham AGMKda ham shunday bo'ldi. Biroq ob-havodan nolib bo'lmaydi. Qorda o'ynash qiyinmi? Qiyin! Biroq professional futbolchilar barchasini to'g'ri qabul qilishi kerak.

- O'yinga otangiz kelgani qo'shimcha motivaciya berdimi?

- Otam kichkinaligimdan har bir qadamimni kuzatib boradi. U meni qo'llab-quvvatlagan barchadan ustun. Otam men bilan nafaqat uy o'yinlarida, balki boshqa shaharlariga ham boradi. Undan barchasiga minnatdorman. Bugungi gollarimni unga bag'ishlayman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика