So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  3 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  89 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Marat Bikmaev: Endi bor etiborimizni “Nasaf” bilan to'qnashuvga qaratamiz Yangiliklar

Marat Bikmaev: Endi bor etiborimizni “Nasaf” bilan to'qnashuvga qaratamiz

Teglar :  Marat Bikmaev
Kecha “Lokomotiv” O'zbekiston kubogi yarim final dastlabki o'yinlari doirasida “Bunyodkor”ga qarshi bahs yuritdi va o'z uyida kichik hisobda zafar quchdi.

“Temiryo'lchilar” jamoasi etakchilaridan biri Marat Bikmaev o'zining o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi. 

- “Bunyodkor” asosan himoyaga tayangan holda o'yin namoyish etdi. Biz esa ko'proq oldinga borishga intildik. Bunday zich himoyani yorib o'tish oson emas. Lekin o'yin oxiriga yaqinlashgan vaziyatda bir marta bo'lsa ham raqib himoyasini yorib o'tishni uddaladik va g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. 

Oxirgi uchrashuvlarda biroz muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan edik. Unday o'yinlar natijasini tezroq unutish va oldindagi bahslarga tayyorgarlik ko'rish lozim. Mana hozir “Bunyodkor” bilan o'yinni unutgan holda oldindagi “Nasaf” bilan to'qnashuvga bor etiborimizni qaratamiz. “Nasaf” bilan ham bizni juda qiyin o'yin kutib turgani bor gap. Lekin biz ushbu matchga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qilishga urinamiz. 

Menga bazan ilk daqiqalardan, bazida esa zaxiradan o'yinga qo'shilish imkonini berishyapti. Bu borada murabbiylarimiz qarorini xurmat qilaman. Men uchun eng muhimi – zaxiradan maydonga tushsam ham, gol kiritib, jamoam muvaffaqiyatiga xissa qo'shishdir, - deydi tajribali futbolchi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика