So’nggi yangiliklar

09:53"Ал Ҳилол" юлдузи жароҳат олди  0 09:24Асенсионинг жароҳати ҳақида маълум берилди  1 08:55Нико Ковач жамоаси ЕЧЛдан чиқиб кетгани ҳақида нималар деди?  1 08:26Хави Африканинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  0 07:58Моуринью EЧЛ тарихидаги энг ёмон натижани қайд этди  5 07:30Кечаги ғалабадан сўнг Арбелоа нималар деди?  0 05:48EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум  24 04:30ЕЧЛ. "Реал Мадрид" - "Бенфика" 2:1  15 03:42ЕЧЛ. "Ювентус" камбэк остонасида вазифани уддалай олмади, "Галатасарой" 1/8 финалда!  20 03:21"Реал" кетма-кет 29-мавсум ЕЧЛ 1/8 финалига чиқди  14 03:00ЕЧЛ. ПСЖ "Монако" билан дуранг ўйнади ва 1/8 финалга йўл олди  7 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди  69 02:30Стив Брюс: "МЮ Магуайрга янги шартнома таклиф қилиши керак"  0 01:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" сафарда йирик ғалаба қайд этди, Роналдудан навбатдаги гол!  11 00:45ЕЧЛ. Бергамода камбэк: "Аталанта" йирик ҳисобда ғалабага эришиб, "Боруссия"ни турнирдан чиқариб юборди  24

Marat Bikmaev: “Avstraliya yutib bo'lmaydigan jamoa emas” Yangiliklar

Marat Bikmaev: “Avstraliya yutib bo'lmaydigan jamoa emas”

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni vaqtda diqqat markazida turgan bosh mavzu bo'lib turibdi.

Turli mutaxassislar, futbolchilar, murabbiylar bo'lajak o'yin haqida mulohazalarini bildirishmoqda.

Biz shu o'rinda, o'z vaqtida olimpiya terma jamoasi bilan Pekin-2008 Olimpiadasi saralash bosqichida ishtirok etgan Marat Bikmaevning fikrlari bilan qiziqish maqsadida futbolchiga murojaat qildik.

“Olimpiadaga chiqish uchun oxirgi imkoniyat qoldi. Agar uddasidan chiqa olmasak yana to'rt yil kutishimizga to'g'ri keladi. Hamma bor etiborini shu o'yinga qaratishi kerak. Raqib Avstraliyani u qadar kuchli demagan bo'lardim. Ularning Koreyaga qarshi o'yinini ko'rdim. Xuddi bizdek jamoa, hech qanday ustun tomoni yo'q. Maydonda futbolchilar jonini berib harakat qilsa yuta olamiz. Ko'pchilik bollarga bosim qilmoqda. Yigitlar yutqazib qo'ysak nima bo'ladi, gol urmasak nima bo'ladi deb o'ylashmoqda. Yani kuchli bosim bilan maydonga chiqishmoqda. Ularga umuman tegish kerak emas. Saudiya Arabistoniga yutqazishdi, shu bilan hayot to'xtab qolgani yo'q-ku. Aytmoqchimanki futbolchilar hotirjam tayyorgarlik ko'rsin, Avstraliya yutib bo'lmaydigan jamoa emas. Nasib qilsa g'alaba biz tomonda bo'ladi”, - dedi “Lokomotiv” klubi azosi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика