So’nggi yangiliklar

23:22"Реал" 21 ёшли ҳимоячи учун 90 млн евро сарфлаши мумкин  0 22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  181 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  3 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  17 21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  10 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  18 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  143 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  59 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  13 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  665 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  7 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  9 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  5

Maradonaning ayovsiz tanqidiga uchragan, Pekermanga havas ko'zi bilan qaragan va Messi bilan yaxshi chiqishib ketgan Lionel Skaloni haqida Yangiliklar

Maradonaning ayovsiz tanqidiga uchragan, Pekermanga havas ko'zi bilan qaragan va Messi bilan yaxshi chiqishib ketgan Lionel Skaloni haqida

Jahon chempionining tarjimai holi bilan tanishamiz.

"U ajoyib yigit, lekin hatto yo'l harakatini tartibga sola olmaydi. Qanday qilib terma jamoani Skaloniga topshirish mumkin? Hammamiz aqldan ozdikmi?", – degan edi Maradona Skaloni terma jamoaga murrabiy sifatida tayinlanganida.

Afsonaviy o'yinchi ko'p marotaba Skalonini tanqid qilgan. Bunga dalil sifatida Maradonaning intervyusidan bir parcha: "Argentina terma jamoasida Lionel Skaloni degan yigitcha bor, u terma jamoaga murrabiy sifatida tayinlangani uchun aybdor emas. Muammo shundaki, u keyinchalik o'zini murabbiy kabi his qiladi va Jahon chempionatida ishtirok etishni istab qoladi. Siz u bilan motocikl poygalari bo'yicha Jahon chempionatiga borishingiz mumkin, lekin futbol bo'yicha emas".

Diegoni hatto 2019 yilgi Amerika Kubogidagi bronza medali ham to'xtata olmadi: "Men hali ham Skaloni Argentina terma jamoasini katta g'alabalarga olib boradigan shaxs emasligiga aminman. Menga uning qarorlari, taktikasi tushunarsiz. Menimcha, u jamoada ko'p qolmaydi".

Skaloni yana kamida 4 yilga ushlanib qoldi. U bilan Argentina 28 yil ichida ilk bor Amerika Kubogini, 36 yil ichida birinchi marta jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Franciya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng murabbiy marhum tanqidchisini esladi: "Umid qilamanki, u osmondan turib o'yinlarimizdan rohatlandi".



Skaloni 4 ming aholisi bor shaharda tug'ilgan va hali hamon ota-onasining oldiga keladi. U Jahon chempionatidagi g'alabani ularga bag'ishladi

2019 yilning bahorida mudhish xabar butun dunyoga tarqaldi: Skaloni velosipedda avariyaga uchradi, uni mashina urib yubordi. Ko'plab jarohatlar haqidagi tafsilotlar esa dahshatli eshitildi. Matbuotning yozishicha, murabbiy yiqilganida uning yuzida jarohatlar va ko'karishlar paydo bo'lgan va qosh sohasidagi yara 10 santimetrga etgan. Kun oxiriga kelib Argentina terma jamoasining tvitteri xabar bilan chiqdi: "Skaloniga kasalxonadan ruxsat berildi".

Lionel ota-onasini ko'rish uchun tug'ilgan shahriga kelganida, har doim velosipedda sayr qiladi. U Jahon chempionatidagi g'alabani ularga bag'ishladi: "Onam bir necha kun oldin juda jiddiy hodisani boshdan o'tkazdi va hozir qiynalmoqda. Otam ham hayajonda, u bir necha yil oldin insultni boshidan o'tkazgan edi".

Murabbiyning oilasi yashaydigan 4 ming kishilik Pujato shahri Buenos-Ayresdan 350 kilometr uzoqlikda joylashgan va cheksiz dalalar orasida zich qurilgan kichkina shaharcha.



Kichik o'lchamiga qaramay, Pujato 4 ta futbol maydoniga ega. Skalonining futbolga qiziqishi, shu erlardan boshlangan. 

"U bolaligidan futbolga qiziqan va yostiq o'rniga to'p bilan uxlagan", – deya eslaydi Skalonining birinchi murrabiyi Alberto Janfelichi.

1994 yilda Argentina Jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Guruh bosqichida musbat doping-test topshirgan Maradona tufayli. Maestroning qonida taqiqlangan beshta modda topilgan.

Diego Armandosiz terma jamoa Bolgariyaga yutqazdi (0:2) va keyin 1/8 finalda Ruminiyaga (2:3). Redondo etakchisiz o'tgan o'yin haqida shunday degan edi: "Men maydonda seni qidirdim, lekin topa olmadim..."

Turnir oldidan Maradona "Nyuells Old Boyz"da mashg'ulot o'tab, JCHgacha formasini tiklab oldi. 7 yoshli Lionel Messi u erga 1994 yilda kelgandi. Maradona sabab emas, u shunchaki Rosarioda yashagan. "Nyuells"da o'sha yili 16 yoshli Lionel Skalona ham bor edi. Otasi uni eng yaqin masofadagi akademiya bo'lgani uchun olib kelgan – Pujatodan Rosariogacha bor-yo'g'i 40 kilometr.

17 yoshida Skaloni Birinchi divizionda debyut qildi va bir yildan so'ng La-Plataning "Estudiantes"ga ko'chib o'tdi. Bolaligidan u o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynagan, garchi bazida u yarim himoyachi bo'lgan bo'lsa ham.



"Estudiantes"dagi bir necha mavsumidan so'ng Lionel Evropaga yo'l oldi va Pujatoga faqat tatil paytida keladigan bo'ldi. Murabbiy bo'lganidan keyin u odatlarini o'zgartirmadi: 2021 yilda Kopa Amerikani qo'lga kiritganidan so'ng yana uyiga keldi. Pujatodagi aholi Skalonini o'zi o'qib tugatgan maktabda so'zga chiqishini so'rashdi. Murabbiy iltimosni rad etmadi.

Skaloni shaharni moliyaviy jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Masalan, u otasi murabbiylik qilgan mahalliy futbol klubiga yordam beradi. Uning jiyani hozir u erda o'qiydi.

Bunga javoban aholi eng mashhur qo'shnisini ko'p eslaydi. Argentinaning Kopa Amerikadagi g'alabasidan so'ng ular uning portreti va "rahmat, Leo" yozuvi bilan katta graffiti chizishdi.



"Vest Xem" futbolchilari Skalonidan nafratlanishadi: U Stiven Jerrard to'pni oldirib qo'ygani bois jamoasi kubokdan mahrum bo'lgan

Skalonidan uni ihlomlantiruvchi murrabiy kim deb so'rashganida, u: "Xose Pekerman" deya javob bergan.

Lionel Pekermanning yoshlar jamoasida 1997 yilgi Jahon chempionatida g'olib bo'lgan. U 2018 yilda murrabiylar shtabiga ikki yordamchisini o'sha jamoadan chaqirgan – ular Valter Samuel va Pablo Aymar.

2006 yilda Pekerman Skalonini yagona ishtirok etgan Jahon chempionatiga olib ketadi. 28 yoshli yarim himoyachi Zanetti o'rniga Germaniyaga boradi va 120 daqiqa Meksikaga qarshi o'ynaydi. O'sha kuni 19 yoshga to'lgan Messi 86-daqiqada maydonga tushadi.

Argentina keyingi bosqichga yo'l oldi, lekin chorak finalda penaltilar seriyasida mezbonlarga yutqazishdi.



Skaloni uchun eng omadsiz murabbiy – Xoakin Kaparros. Ular "Deportivo"da birga bo'lishgan – Evropadagi birinchi va asosiy jamoasi.

17 yoshli himoyachi "Depor" uchun Xixonning "Sporting" klubi tarkibida debyut qildi. U zaxiradan maydonga tushdi va 3 daqiqadan so'ng yana almashtirildi. Sabab – darvozabonning jarohati. Jarohatlangan kamerunlik Songo'o o'rniga ikkinchi darvozabon maydonga tushdi, maydondagi eng tajribasiz Skaloni esa qurbon bo'ldi va o'zgartirildi.

Keyinchalik Skaloni asosiy tarkibdan joy oldi va ketma-ket 8 mavsum davomida undan tushib qolmadi. La Korunya klubi uchun qahramonimiz 301 ta uchrashuv o'tkazdi, milliy chempionat, Kubokda g'olib chiqdi va CHempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib bordi. U erda "Deportivo" minimal hisobda "Portu"ga mag'lub bo'lgan edi.

2002 yilgi Ispaniya Kubogi finali intrigalarga boy bo'ldi. "Deportivo" Santyagu Bernabeuda Roberto Karlos, Figu, Makelele, Zidan va Rauli bor "Real"ni yutdi va Lionel o'sha g'alaba haqida shunday deydi: "Biz menimcha, bugun birovlarning bayramini buzdik".



Kaparros "Depor"ga kelganida hammasi barbod bo'ldi. U argentinaliklar bilan ishlashni yoqtirmasdi, shuning uchun Skalonini zaxiraga mixlab qo'ydi. U sevimli murrabiyi Pekerman bilan Jahon chempionatiga borishni xohlardi, shuning uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida ijaraga boshqa jamoaga o'tishga so'radi. 2006 yil 31 yanvarda himoyachini "Vest Xem" sotib olgan.

"Dastlab men hech kimni olishni xohlamadim, ammo bunday sifatli futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati paydo bo'lganda, shunchaki rad eta olmadim", – degan edi "Vest Xem" murabbiyi Alan Pardyu shartnoma haqida.

Skaloni darhol jamoaga qo'shilib ketdi. Premer-ligada kuchayish jadvalga tasir qilmadi (9-o'rin), ammo Kubokda londonliklar finalga chiqishdi, 26 yil ichida birinchi kubokni yutishlari mumkin edi.

"Liverpul"ga qarshi final "ideal" tarzda boshlandi: Lionelning xavodan kelgan uzatmasini Karrager o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Keyin esa Sisseni o'tkazib yubordi – 1:1, lekin "Vest Xem" hali xam oldinda edi – 3:2.

Bahs tugashidan bir daqiqa oldin dahshatli narsa yuz berdi. Sisse maydonda yotganini payqab, Skaloni to'pni "aut"ga tepib yubordi. Ditmar Hamann uni argentinalikka "aut"dan qaytarib berdi. Skaloni to'p bilan hamma narsani qilishi mumkin edi, lekin u iloji boricha g'alati harakat qildi: to'pni tepib yubordi. To'pni Harri Kyuell qabul qildi va jamoadoshi Riisega oshirdi, u esa to'pni Jerrardga berdi. Stivi to'pni chamasi 35 metr uzoqlikdan darvoza tomon yoo'lladi va o'sha mahshur golini urdi.



Uchrashuv qo'shimcha vaqtga o'tdi va "Liverpul" penaltilar seriyasida 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Darvozabon Jimmi Uolker Skalonining hissiyotlarini eslaydi: "U o'yindan keyin yig'layotgan edi".

Men unga qaradim va o'yladim: "Albatta sen yig'lashing kerak. Menda unga hamdardlik hissi yo'q edi, chunki uning xatosi bizni g'alabadan mahrum qildi. U to'pni xohlagan jamoadoshiga oshirsa bo'lardi".

2022 yilgi Jahon chempionati oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Skaloni o'sha finalni esladi. "Mening dunyom parchalangan edi. Angliya Kubogini xatom tufayli yo'qotdik, "Vest Xem" meni transferimdan bosh tortdi, Ispaniyaga qaytdim. Finaldan keyingi kecha men endi futbol o'ynashni istamayogandim", – dedi u.

"Vest Xem" rahbariyati g'azabda edi. Ular haqiqatan ham futbolchinining transferidan voz kechishdi, garchi Londonda olti oy ichida o'z darajasini isbotladi va kiyinish xonasining etakchisiga aylandi. Ammo 15 yildan keyin ham Pardyu hazillashib yoki jiddiy tarzda o'sha voqeani eslaydi: "Men uni hech qachon kechirmayman". Hujumchi Din Eshton ham xuddi shunday hissiyotlarga ega: "U ajoyib o'yinchi edi, lekin men uni kechirmayman".



Jahon chempionatida g'alaba qozonganidan so'ng Skaloni "Deportivo"ni boshqarishga vada berdi – hozir klub 3-ligada "o'tlab yuribdi"

Kaparros ishlayotggan "Deportivo"dan ketgandan keyin "Lacio"da 5 mavsum o'ynadi, "Malorka"ga ikki bor ijara shartnomasi asosida o'tdi va "Atalanta"dagi 3 ta so'nggi mavsum minimal o'yin vaqti bilan o'tgan edi. "U allaqachon murabbiy bo'lishni xohlagan", – dedi argentinalikning Bergamodagi jamoadoshi Alexandro Gomes.

La-Korunya bilan vidolashganiga qaramay, Qatardagi finaldan so'ng Skaloni to'satdan sobiq klubi haqida esladi. "Depor" hayotimning bir qismi, buni hamma biladi va bu mening uyim. Men vada qilganimdek, shu erda murrabiylik qilaman", – dedi chempion 3-divizion jamoasi haqida.

Bu  oddiy xushmuomalalik kabi ko'rinishi mumkin, ammo yo'q. Skaloni – "Deportivo" muxlisi. U klubning xayriya tashabbuslarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadi va jamoadgi o'zgarishlarni kuzatib boradi. Uning tvitterdagi muvoqasida bir vaqtlar "Deportivo" muxlislari unga bag'ishlab ilgan banner aks etib turadi.



Skaloni ilojsizlikdan Argentinaga murabbiy etib tayinlangan edi: boshqa barcha nomzodlar muammoli terma jamoani qabul qilishdan bosh tortgan

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Skaloni uni mahalliy federaciyada – yoshlar futboli uchun masul holda qoldirishni so'radi. Rahbariyat bunga qarshi emas edi va yoshlar terma jamoasini (U-20) Ispaniyadagi o'rtoqlik turniriga olib borishini so'radi.

Finalda Argentina ko'shimcha taymlarda Rossiyani mag'lub etdi (2:1) va bundan sal oldin Skaloni asosiy terma jamoaning vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan edi. Ular ilojsizlikdan va uning foydasiga ishlagan yagona dalil: 2018 yilgi Jahon chempionatida Lionel futbolchilar va Sampaoli o'rtasidagi mojaroni hal qilgan edi.

"Hech kim terma jamoaga murabbiylik qilishni xohlamadi", – deb tan oldi Nikolas Talyafiko. 

Argentina murabbiylarga yolchimayotgani, qarib borayotgan tarkib va undagi bita yulduz borligi edi.

Skaloni mexanizmni qayta yig'ishni o'z zimmasiga oldi. 2018 yilning kuzida Argentina 6 ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 40 yoshli yangi murrabiy o'rtoqlik uchrashuvlarida 41 futbolchi hizmatidan foydalandi: ulardan 16 nafari ilgari hech qachon terma jamoada o'ynamagan, yarmi 20 tadan kam o'yin o'tkazgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida qatnashgan o'yinchilardan bor-yo'g'i 10 kishi qolgan edi.

Tajriba yaxshi o'tdi: Argentina 4 ta o'yindan 6 tasida g'alaba qozondi, faqat Braziliyaga yutqazdi: 11 ta gol urdi, 1 ta o'tkazib yubordi.

Skaloni jamoada ishlayotganda federaciya prezidenti Klaudio Tapia tajribaliroq murrabiy qidirishda davom etdi. Lekin Martino, Pochettino va Simeonening rad javoblaridan so'ng u to'xtadi. 1978 yilda Argentinani chempionatga olib chiqqan murabbiy Sezar Luis Menotti bilan bo'lgan suhbat federaciya prezidentini ushbu fikrdan qaytargan va Skaloni rasmiy tarzda murrabiy etib tayinlandi.

Skaloni bosh murrabiy, yordamchilari esa – Aymar va Samuel. SHartnoma bir yilga imzolandi.

O'sha paytda Maradona hamma aqldan ozganligi haqida iborani aytdi va jurnalistlar Lionelga uning tajribasi yo'qligi haqidagi savollar bilan hujum qilishdi. "Sizga kubokni olib kelishimni xohladingizmi?", – deya Skaloni 2018 yilgi Jahon chempionati paytida shunchaki yordamchi lavozimida ishlaganinga ishora qilib.

2019 yilda Skaloni Argentina bilan Kopa Amerikada bronzaga ega chiqdi. Jamoa turnirni qiyinchilik bilan o'tkazdi: guruhdan zo'rg'a chiqdi, faqat so'nggi turda Qatarni mag'lub etibgina va yarim finalda Braziliyaga yutqazdi. Murabbiy bilan shartnoma uzaytirildi, chunki boshqa variantlar yo'q edi.



2019 yilda Braziliyaga mag'lubiyatdan so'ng deyarli rekord darajadagi mag'lubiyatsiz seriyaga erishildi. Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyat bunga chek qo'ydi. 3 yil ichida jamoa 36 ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazdi va Italiyaning yutug'idan faqat bitta o'yin ortda qoldi.

3 yil ichida Kopa Amerika-2021dagi g'alaba (28 yil ichida birinchi) va Jahon chempionati uchun saralashdagi ajoyib natija: 11 g'alaba va 6 durang. Biroq Braziliya yanada yaxshiroq natijalarga erishdi.


Bir yil oldin Skaloni vahimada edi, lekin uni Messi tinchlantirdi va murabbiy unga mukammal rolni topdi

2021 yil noyabr oyida Argentina saralashninig so'ngi bahsida Braziliyani o'z uyida qabul qildi. Gollarsiz o'tgan o'yin (0:0 va yo'qotilgan birinchi o'rindan keyin Skaloni vahimaga tushdi. U Messiga qo'ng'iroq qildi. Messi tashvishlanish uchun hech qanday sabab yo'qligini aytdi: 

"Biz faqat davom etishimiz kerak – va hamma narsa yaxshi bo'ladi. Agar ishlar yaxshi ketmasa, biz hech bo'lmaganda harakat qilgan bo'lamiz", – deya xulosa qildi dunyoning eng yaxshi futbolchisi.

"Bu menga kuch berdi. Uning javobi tufayli men hamma narsani to'g'ri qilayotganimizni angladim", – dedi Skaloni Franciya bilan bo'lgan finaldan keyin.

44 yil ichidagi Jahon kubogining eng yosh g'olibi, bajarib bo'lmas ishni amalga oshirgandek.

U nafaqat 4 yil oldin turnir davomida isyon ko'targan Argentinani birlashtirdi.

U nafaqat qarigan afsonalar bilan xayrlashib, tarkibni yoshartirdi, balki Rossiyadagi Jahon chempionatida qatnashgan bor-yo'g'i 7 nafar o'yinchini Qatarga ham olib bordi.

U nafaqat o'yin vaqtida taktikani o'zgartirdi – Franciyadan ilholmanib, oxirgi lahzagacha 5 himoyachi bilan o'ynashni o'yladi, lekin oxirida jamoasidan kelib chiqib o'ynashni va Di Mariyani tarkibga qaytarishni lozim deb topdi.

Ehtimol, u asosiy ishni bajardi yani Messi uchun mukammal rolni tanladi.



2016 yil Kopa Amerika finalida mag'lub bo'lganidan keyin Messi terma jamoadan ketishini elon qildi. Keyin bolalar murabbiyi Skaloni tvitterda: "ketma, Leo", – deya yozgandi.

6 yil o'tgach esa ular birgalikda Jahon chempionatida g'olib bo'lishdi.

Abdulvosit tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика