Maradona: "SHarmandalik"
18 iyu 2018 12:14
Yangiliklar
Maradona: "SHarmandalik"
Afsonaviy hujumchi Diego Maradona Islandiyaga qarshi durangdan (1:1) so'ng Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolini tanqid qildi.
"Agar terma jamoa shunday o'ynashda davom etsa, Sampaoli Argentinaga qayta olmaydi. Jamoa o'yinga tayyor emas edi, bu sharmandalik! Islandiyalik futbolchilarning bo'yi 190 sm. ekanligini bila turib, burchak zarbasini qisqa pas bilan o'ynamadik.
Bosh murabbiyni etarli darajada tayyor bo'lmaganlikda ayblayman. Siz 25 nafar ajoyib futbolchini turnirga olib ketishingiz mumkin, ammo ular bilan ishlash kerak. Islandiyaliklar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganini guvohi bo'ldik va bu g'azablantiradi" - deydi Maradona.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar