So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  0 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  6 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Maradona bilan suhbat Yangiliklar

Maradona bilan suhbat

XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri – Diego Maradona edi. Tabiiyki, uning yurtimizda muxlislari juda ko'p. Hattoki, uning o'yinlarini yoqtirgani uchun o'g'liga Maradona deb nom bergan ham bor.
Bu Qashqadaryoning Muborak tumanida 1994 yilda tug'ilgan Maradona Safarovdir. Otasi Aliev Rashid, onasi esa Oqchaeva Dilobar. Oilada ikkita farzand bor. Singlisi Go'zal Safarova 1998 yilda tug'ilgan. Maradona esa “Mashal” klubi azosi sanaladi. Bunday noodatiy ism kamdan-kam uchraydi. SHu bois Muborakda u bilan uchrashdik.

- Hamma uchun Maradona Safarov nomi juda qiziq. Avvalo shu haqda to'xtalib o'tsangiz?
- To'g'ri, aslida o'zimga ham qiziq tuyuladi. Dadam shunday niyat qilgani uchun menga ushbu ismni qo'ygan. Bu nom men uchun bir tomondan yaxshi, ikkinchi tomondan qiyin. Buning o'ziga yarasha og'irligi bor. Qandaydir bosimni sezib turaman. Ammo maydonga tushganda o'zimni yaxshi tarafdan ko'rsatgim keladi. Yoshlik chog'imda ko'cha-ko'yda kimdir ismimni so'rab qolsa, uyalib ismimni aytardim, hozir esa hammasiga ko'nikib ketganman. 

- Voyaga etib, ismingizni anglab etganingizda uni qanday qabul qilgansiz?

- Bu nomni oqlashga harakat qilyapman. Dadamning orzusi meni futbolchi qilish edi. Uning ushbu maqsadini ro'yobga chiqarish uchun ishlayapman.

- Ko'rinib turibdiki, dadangiz Diego Maradonaning o'yinlarini yoqtirgani uchun sizga Maradona deb ism qo'ygan. Siz qaysi futbolchilarni yoqtirasiz?

- Menga ikkita futbolchi yoqadi – Ueyn Runi bilan Mesut O'zil. Masalan, Runining maydonda bajarayotgan ishlarini ko'rib qoyil qolaman. Hujumda ham, himoyada ham birdek o'ynay oladi. O'zilni esa ajoyib paslari meni lol qoldiradi.



- Ismingiz Maradona. Qiziq, nima uchun uni yoqtirmaysiz?
- Albatta, u buyuk futbolchi va menga yoqadi. Ammo undan ko'ra Runi bilan O'zilning o'yinlarini ko'proq ko'rganman.

- Faraz qiling, sizga mashhur futbolchilardan kim bilandir ko'rishish imkoniyati berilyapti va bunda kimni tanlagan bo'lardingiz?
- Ronaldino. Bolaligimda uning o'yinlarini, driblingini ko'rib hayron qolardim. SHuning uchun u bilan ko'rishishni xohlardim.

- Maradona, o'zingiz uchun qaysi futbolchining ismini tanlagan bo'lardingiz?

- Yana Maradonani tanlagan bo'lardim. Bundan boshqasini o'ylab ko'rmaganman.

- Bu ismga ko'nikish qiyin bo'lganmi?
- Yoshligimda ko'nikishim qiyin bo'lgandi. Katta bo'lgach, o'rganib ketdim.

- Ochig'ini aytsam, nomingizni birinchi eshitganimda Maradona taxallus bo'lsa kerak, haqiqiy nomi Mardon deb o'ylagandim...
- Ha, ko'pchilik shunday deb ham so'rashgan. Maradona nomini taxallusim deya hisoblashardi. Lekin bu mening haqiqiy ismim. Ishonmaganlar esa pasportimni ham ko'rishardi.



- Aytish kerakki, ismingiz noodatiy bo'lgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur bo'lib ketgan. Aynan shu yo'l orqali ancha tanilib ketgansiz. Internetdagi tarmoqlar yordamida tanilish sizga yordam beradimi?

- Menga ham internetda pasportim nusxasini ko'rsatishsa uyalardim. Hatto ko'pchilik ustimdan ham kulishardi. Lekin men bundan xafa bo'lmayman. Maradona ismi menga yoqadi.

- Bu nomni oqlash esa oson emas...
- Ismimni oqlash uchun faqat ishlashim kerak.

- Xohlaymizmi-yo'qmi, Maradona bo'lganingiz uchun aynan Diego Maradonaga o'xshab o'ynashingizni kutyapmiz. Buning uchun nima qilmoqchisiz?

- Argentinalik Maradonadek bo'lmasam-da, o'zbek futbolida o'z o'rnimga ega bo'lmoqchiman. Milliy terma jamoada ham to'p surishni orzu qilaman.

- “Mashal” klubiga qanday kelib qolgansiz?
- Bolaligimda ko'cha futbolida o'ynab yurardim. Mening birinchi ustozim Otajon Avezov. 2006 yili meni “Mashal” akademiyasiga olib kelishdi va shundan beri shu erdaman.

- Bu erga kelganingizda sizni qanday qabul qilishgan?
- Boshida aytarli hech kim bilmagan, chunki u qadar etibor berishmagandi. 2007 yili Termizda Hokim Kubogi musobaqasida qatnashib 10 ta gol bilan to'purar bo'lganman. Jamoamiz esa birinchi o'rinni egallagan. SHundan keyin menga bo'lgan etibor boshqacha bo'lgan. 

- “Mashal”ning sizga etibori ortgani ismingiz bilan bog'liqmidi yoki o'yiningiz bilanmi?
- O'yinim sabab bo'lgan deb o'ylayman. Tezroq “Mashal” safida o'z o'rnimga ega bo'lib o'ynashim kerak. Keyinchalik o'zimni ko'rsata olsam “Nasaf”da to'p surish niyatim ham bor.



- Nima uchun “Nasaf”?!
- Bilmadim. Bu jamoaning o'yinlarini ko'rganimda boshqacha bo'laman. Qachondir shu klubda to'p suraman deb niyat qilaman.

- Siz 21 yoshdasiz. “Mashal”da esa yoshlarga katta etibor beriladi. SHu bois tarkibda siz kabi o'yinchilar ko'pchilikni tashkil qilyapti. Ammo siz negadir hali ham asosiy tarkibga kira olmayapsiz...

- Bu narsa murabbiylarga bog'liq deb o'ylayman. Agar asosiy tarkibga loyiq bo'lsam chaqirishsa kerak. Demak, hozirda tarkibga kira olmayapmanmi, buning uchun biroz vaqtli.

- Fursati kelganda siz ham oilali bo'lasiz. Siz ham farzandingizga biror-bir futbolchining ismini qo'yish haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

- Bu haqida hali o'ylab ko'rganim yo'q. Balki kimnidir ismini qo'yishim mumkin. 

- Dadangizdan nima uchun Maradona ismini qo'ygansiz deb so'raganmisiz?

- Ha. 1986 yilgi jahon chempionatida Argentiya Angliyaga qarshi o'ynagan. O'shanda Maradona qo'li bilan gol urgan. Dadam bu haqida ko'p gapiradi va uning chinakam muxlisi edi. SHu bois o'g'il ko'rsam Maradona deb nom qo'yishini niyat qilgan ekan. 

- Keyinchalik ismingizni almashtirish fikri bo'lmaganmi?
- Jarohat olgan yoki o'yinim yaxshi chiqmagan paytlarda ismimga nisbatan etirozlarim bo'lgan. Ammo buni dadamga aytmaganman. Bazida futbolga kirib kelganimdan ham afsuslanganman. Hozir esa hammasi joyida.

- Murabbiylarning etiborini tortish uchun ismning o'zi kamlik qiladi...

- To'g'ri. Ikki oycha jarohat olganim uchun davolandim. Baribir ishonchni oqlash uchun harakat qilaman.

- Agar sizga Pele deb ism qo'yganda bunga qanday qarardingiz?
- Bilmadim. Menimcha juda kulguli ism bo'lardi. Balki unga ham ko'nikardim. Baribir menga Maradona ismi qulay.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
“Futbol Ekspress” gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика