So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  0 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  25 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  7 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  3 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  99 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  18 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

"Maqsad bitta: jahon chempionatiga chiqish" - Eron bosh murabbiyi intervyu berdi Yangiliklar

"Maqsad bitta: jahon chempionatiga chiqish" - Eron bosh murabbiyi intervyu berdi

Teglar :  EronDragan Skochich
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skochich uch oydan so'ng yana Tehronga qaytdi.

Malumki, bugundan Eron chempionatiga restart beriladi. SHu bois Skochich terma jamoaga nomzod futbolchilarni kuzatib boradi. Xorvatiyalik murabbiy "Football Bartar" teleko'rsatuvi mehmoni bo'lib, bir qator savollarga javob berdi. "Mamlakat chempionati qayta tiklanishidan xabar topib yana Tehronga keldim, - dedi Dragan Skochich. - Futbol bo'lgani yaxshi baribir. Buni eshitib juda xursand bo'ldim. SHu orqali terma jamoaga nomzod futbolchilar shakllanib boradi. JCH saralashdagi biz tushgan vaziyat oddiy emas. Guruh peshqadami Iroqdan 5 ochko ortda qolyapmiz. Keyingi bosqichga o'tish uchun qolgan to'rtta o'yinning hammasini yutishimizga to'g'ri keladi". 

Dragan Skochich terma jamoaga bosh murabbiy bo'lganidan beri ko'p tanqidlarni eshitib kelyapti. 

"Bir necha bor kasalxonada davolanib ham chiqdim, - deydi xorvatiyalik murabbiy. - Eronda bosim kuchli va buni har doim his qilib turishga to'g'ri keladi. Ammo hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Buyog'iga faqat jahon chempionati saralash o'yinlari haqida bosh qotiramiz. Terma jamoaga kim yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lsa, shularni taklif etamiz. Oldin ham aytganman, eshik hammaga ochiq. O'zingizni ko'rsating va bosh jamoadan chaqiruv oling. Men uchun nomlarning va jamoalarning ahamiyati yo'q. Maqsadimiz bitta: jahon chempionatiga chiqish".

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика