So’nggi yangiliklar

15:03Каннаваро қандай мураббий?  1 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  0 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  0 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  1 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  22 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  6 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  33 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  26

MAQOLA. Toshkentda olimpiya chiptasini ilib ketgan, o'zbekistonlik kiperlarni ko'p bor ranjitgan Osiyoning eng yaxshi futbolchisi – Ahmad Halil haqida Yangiliklar

MAQOLA. Toshkentda olimpiya chiptasini ilib ketgan, o'zbekistonlik kiperlarni ko'p bor ranjitgan Osiyoning eng yaxshi futbolchisi – Ahmad Halil haqida

Bugun odatdagidek evropa yoki amerikalik yulduzlardan cheklangan holda Osiyo qitasidagi yulduzlardan biri, amirlik Ahmad Halil haqida fikr yuritamiz.

Ilk qadamlar

BAAning taniqli hujumchilaridan biri bo'lgan Ahmad Halil 1991 yil 8 iyun kuni SHarja shahrida futbolchilar oilasida tug'ilgan. Uning otasi Sebayt Halil Quvaytda istiqomat qilgan yillarida eski mahalliy futbol klublarining birida to'p tepgan. Ahmadning akalari Fahd, Fuad, Faysal, Fatxi va Muhammad mamlakatning eng obro'li jamoasi “Al Ahli”da bir necha yillar davomida harakat qilgan. SHular qatori Ahmad ham katta futbolga ushbu jamoa orqali kirib keldi. Bosh jamoadan o'rin olgunga qadar klubning yoshlar jamoalarida o'ynadi va tez orada asosiy tarkibga jalb etildi. 2006/07 mavsumning o'rtalarida Halil franciyalik mutaxassis Alan Mishel qo'l ostida debyutini nishonladi. Birinchi golini esa “Al Vahda” bilan bahsda urdi va unda dubay shahri jamoasi 4:1 hisobida g'alaba qozondi. 

Tanilish va mashhurlik

2010 yilga kelib u jamoada o'z o'rnini mustahkamlashga erishdi. Endigina 20 yoshga kirgan Ahmad 18 mart kuni chempionat doirasidagi “Al Nasr”ga qarshi kechgan uchrashuvda faoliyatidagi ilk xet-trikni amalga oshirdi va bir o'yinda uchta to'p kiritgan eng yosh futbolchilar ro'yhatidan joy oldi. OCHL finali “Al Xilol” bilan o'yinda “Al Axli” 3:2 hisobida g'alabani o'ziniki qildi. Hal qiluvchi gol esa Ahmad Halil nomiga yozildi. Bu futbolchiga misli ko'rilmagan tanilish va mashhurlikni olib keldi. Hattoki, hujumchiga Angliyadan jiddiy taklif tushadi. “Portsmut” klubi uni o'z safiga qo'shib olish payida bo'ladi va muzokaraga kirishadi. BAAning ayrim nashrlari uni legionerga aylanganini elon qilishga ham ulgurgandi. Ammo, ish shartnoma imzolanishigacha bormadi va yarim yo'lda to'xtadi. 2012 yilgi London olimpiadasidan so'ng unga bir qator xorij jamoalaridan takliflar tushdi. Lekin, u klubiga sodiqligini isbotladi. 2017 yil u uzoq muddatdan so'ng qadrdon jamoasini "Al Jazira"ga almashtirdi va hayotida tub burilish yasashga kirishdi. 2006 yildan beri "qizid ricarlar" sharafini himoya qilib kelgan futbolchi 182 uchrashuvda 70dan ortiq gollar urdi. 2015 yilgi mavsum "Al Ahli" bilan CHempionlar Ligasi finaligacha etib bordi. Lekin, yakunda sovrin “Guvanjou Evergrand”ga nasib qildi. Kosmin Olario boshchiligidagi jamoaga o'shanda omad etishmaganini aytib o'tish joiz. 2017 yilda Sardor Rashidovning jamoadoshiga aylandi va “Al Jazira” azosi sifatida tanishtirildi. Biroq, Rashidov singari Ahmad Halilning ham ishlari yurishmadi. Maxoratli hujumchi aytarli maydonda ko'rinmadi. Bu paytga kelib hujumchining o'yinida pasayish kuzatilayotgandi. Avvalgidek ko'p gollar urmas, futboldan zavq ola olmasdi. “Al Ayn”ga o'tishida ham biron bir mano ko'rinmadi. Qisqa muddat to'p tepgan Halil 9ta o'yinda 4ta golga mualliflik qildi. Hozirga kelib esa o'zining birinchi jamoasida o'ynamoqda. Hamyurtimiz Aziz G'anievning jamoadoshi ekanligini takidlashimiz mumkin. 

Terma jamoalar va sovrinlar

Ahmad Halil barcha yoshdagi terma jamoalarda harakat qilgan va to'purar bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. 2006 yil 16 yoshda bo'lishiga qaramasdan bir vaqtning o'zida U-20, U-19, U-23 termalari uchun maydonga tushdi. SHuningdek, milliy jamoaga ham chaqirildi. 29 yoshigacha u 70ga yaqin uchrashuvda ishtirok etishga ulgurdi. 2008 yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib chiqdi. Finalda esa uning jamoasi Ahmad Ubaydullaev ustozliq qilayotgan O'zbekiston yoshlariga ro'baro' keldi. Amalda futbolchining ikki goli jamoasiga qita chempionligini olib keldi. Musobaqa yakunida Halil tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi to'pururariga beriladigan “Oltin butsa” va “eng yaxshi futbolchi” sovrinlarini ham o'ziniki qildi. O'sha yili amirliklardagi mashhur va tiraji ko'p jurnali “Al Ahram” va “Al Hadat”  tomonidan yilning eng yaxshi arab futbolchisi deb topildi. OFK tomonidan esa yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominiciyasiga loyiq ko'rildi. 2015 yilda esa OFK unga qitaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini topshirdi.

Keyingi yili Misr yashil maydonlarida bo'lib o'tgan kichik mundialda BAA bilan chorak finalgacha etib bordi. Jahon chempionatida ikkita to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Gonduras va Venesuela bilan bellashuvlarda oltinga teng gollarni urdi. Hali endigina 20ga kirayotgan futbolchining shuhrati butun mamlakatda taraldi. 2010 yil Osiyo o'yinlarida BAA olimpiya terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va kumush medallariga sazovor bo'ldi. Turnirda uchta to'p kiritdi. Biri Bangladeshga va qolgani O'zbekiston darvozasiga yo'llandi. Yosh Ahmad Halil 2011 yilda BAA milliy terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo kubogiga bordi. Biroq, guruh bosqichidan so'ng ortga qaytishga majbur bo'ldi. 2012 yil uning hayotida eng esda qolarli yillardan biri sanaladi. O'shanda Mahdi Ali murabbiyliq qilayotgan olimrpiya terma jamoasi Toshkentda Vadim Abramov ustozligidagi O'zbekiston olimpiyachilariga qarshi maydonga chiqadi. Ha, biz uchun alamli yakunlangan o'yinda barcha narsani Ahmad Halilning o'zi hal qilib qaytgandi. London olimpiyadasida u birorta to'p kiritmadi. Qaysidir manoda musobaqa o'zi uchun muvaffaqiyatsiz o'tdi. 2015 yil Osiyo kubogida milliy terma jamoa safida bronza medallarini qo'lga kiritdi. O'tgan yili esa o'z mamlakatidagi qita birinchiligida yarim finalda yurishini to'xtatdi. 

Ushbu futbolchidan o'zbekistonlik darvozabonlar ko'p bor jabr ko'rishgan. O'ylaymizki, bo'lg'usida bunday holatlar takrorlanishiga posbonlarimiz yo'l qo'yishmaydi. Biz uchun noqulay futbolchi bo'lsada, BAA uchun qadrli o'yinchi bo'lib tarixda qoladi. 


Abdulaziz Iskandarov



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика