So’nggi yangiliklar

09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0 09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  6 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  5 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  2 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0

MAQOLA. Ozarbayjon chempionatida o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar. Belyakov, Nasimovdan so'ng navbat Rahmonalievga. U ham o'zini ko'rsata oladimi? Yangiliklar

MAQOLA. Ozarbayjon chempionatida o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilar. Belyakov, Nasimovdan so'ng navbat Rahmonalievga. U ham o'zini ko'rsata oladimi?

Kuni kecha o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev Ozarbayjonning "Sabah" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Bundan avvalroq Jasur Jaloliddinov "Sumgayt" jamoasiga borib qo'shilgan edi. Mazkur mamlakat chempionati bizning vakillarimizga begona liga hisoblanmaydi. O'z vaqtida bu erda bir nechta futbolchilarimiz legioner maqomida to'p tepgan va ular orasida muxlislarning yoqimtoyiga aylanganlari ham bo'lgan.


Oleg Belyakov ("Turon" 2004-2005, 30 ta o'yin)

O'zbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni faoliyati davomida legioner sifatida Ukraina, Belarus klublaridan tashqari Ozarbayjon chempionatida  harakat qilgan. 2004-2005 yil kiper "Turon" libosida 30 ta o'yinda harakat qilgan va darvozasidan 17 ta to'p olib chiqqan. Bugungi kunda ushbu jamoani turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdiev boshqarmoqda. Oleg Belyakov esa "Krasnodar" futbol akademiyasida murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. 

Bahodir Nasimov - "Neftchi" (Baku), "Keshlya" 73 ta o'yin 34 ta gol 

Hozirda Samarqandning "Dinamo" jamoasida faoliyat olib borayotgan Bahodir Nasimov xorijdagi eng yaxshi o'yinlarini Ozarbayjon chempionatida namoyish qilgan. Hujumchimizni Ozarbayjonda juda yaxshi bilishadi. U to'purarlik salohiyatini ko'rsatibgina qolmay (2011/2012 16 ta gol), "Neftchi" (Baku) safida 3 karra Ozarbayjon chempionligini qo'lga kiritgan . Uning sovrinlari qatorida mamlakat kubogining 2ta bosh sovrini ham o'rin olgan (2012/2013, 2013/2014). Nasimov Baku klubiga "Rubin"dan kelgan edi. 

Alibobo Rahmatullaev - "Revan" 4 ta o'yin 

O'z vaqtida "Bunyodkor"da porlab chiqqan, Qosimovning "sehrli tayoqcha"si bo'lgan Alibobo Rahmatullaev faoliyatida ilk bor legioner sifatida Ozarbayjonda to'p tepgan. 2015 yilning ikkinchi davrasida u Premer-Ligada ishtirok etadigan "Revan" bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo u erda aldangan futbolchimiz ko'p o'tmay ortga qaytadi. 

"Revan" klubiga yaxshi niyatlar bilan borgandim. Biroq klub futbolchilarning maoshlarini bermay aldab yurdi. "Revan" ayni paytda bankrot bo'lgan. Ko'plab futbolchilar ketvorishdi. Ular endi o'z yoshlarini o'ynatishmoqchi. Mendan tashqari jamoaning etakchi futbolchisi ham klub bilan hayrlashdi. Keyinchalik shartnomada ko'rsatilgan mablag'dan juda past maosh beramiz deyishdi. Jamoa bosh murabbiyi meni qolishimni juda xohlagandi. Lekin klub shartnomaga amal qilmaganidan keyin qolishdan naf yo'q edi",- degan edi Alibobo Rahmatullaev. 

SHoxruh Gadoev - "Keshlya" 7 ta o'yin, 2 ta gol

Tajribali to'p tepar SHoxruh Gadoev faoliyati davomida Koreya Respublikasi, Bahrayn chempionatlarida o'ynagan. 2019 yil u "Bunyodkor" libosida bir davra to'p tepgach Ozarbayjonning "Keshlya" jamoasiga yo'l oladi. Mazkur klubda u 7 ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 2 ta to'p kiritgan. CHempionat yakunlariga ko'ra uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan "Keshlya" Evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Biroq birinchi saralash bosqichidayoq Albaniyaning "Lachi" klubiga penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchragan. 

Jasur Jaloliddinov va Umarali Rahmonaliev Ozarbayjon Premer-ligasida o'zini ko'rsatishiga ishonchimiz komil va ularga bu yo'lda omad tilab qolamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика