So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  816 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Maqola. "Liverpul" tomonidan imkon berilmagan, Fergyusonning "topilmasi", Roy Kin bilan janjallashgan - "Manchester Yunayted" afsonasi haqida Yangiliklar

Maqola. "Liverpul" tomonidan imkon berilmagan, Fergyusonning "topilmasi", Roy Kin bilan janjallashgan - "Manchester Yunayted" afsonasi haqida

Ushbu qahramonimizdan hayratlanmaslikning iloji yo'q.

1991 yili o'sha paytda taniqli bo'lmagan daniyalik darvozabon Peter SHmeyxel "Arsenal"ga Angliya chempionligini boy bergan "Liverpul" klubiga jamoaga bo'lgan mehrini ifodalagan holda faks yuborgan, ammo bu rad etilgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, SHmeyxel "qizillar" safida ko'rinish berish uchun oxirigacha kurashishga tayyorligini namoyon etdi va rahbariyatdan uni hech bo'lmaganda ko'rik uchun chaqirishlarini so'radi.

Bu paytda esa afsonaviy Bryus Grobbelarning "Enfild"dagi faoliyati asta-sekin o'z nihoyasiga etayotgan edi va shu sababli "Liverpul" unga o'rinbosar topishga kirishgandi. "Qizillar"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Grem Suness jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga jurat etolmadi va Grobbelarni yana bir necha mavsumga qoldirdi va zaxira variant sifatida "Lester"dan ijaradan qaytgan Mayk Xuperni tanladi.   

Bir yil o'tib, "Liverpul" Devid Jeymsni sotib oladi va bir mavsumdan so'ng, Grobbelar va Xuper "qizil lager"ni tark etishadi. Endilikda Peter SHmeyxel "qizillar"ning iltifotini kutmasdan, ularning eng azaliy raqibi – "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi, bu erda ser Aleks Fergyuson daniyalikni ajoyib jamoasining asosiy yulduzlaridan biriga aylantiradi.

Sakkiz yildan so'ng, SHmeyxel "Manchester Yunayted"ni, Jeyms "Liverpul"ni tark etadi. Angliyalik "Enfild"ni Angliya Liga Kubogi g'olibi sifatida tark etadi, daniyalik esa... Uning hisobida ham sovrinlar bo'ladi, albatta. SHmeyxel 1992 yilda Daniya termasi bilan Evropa chempionatida o'zining asosiy futbol mukofotiga sazovor bo'ladi, yani turnirning shov-shuvli g'olibiga aylanadi. Peter "Manchester Yunayted"da qoyilmaqom davrlarni o'tkazdi, u 15 xil turli unvonga ega chiqdi: 5 karra Angliya chempionligi, 1 marta CHL g'olibligi, shular jumlasidan.   

SHmeyxel "Old Trafford"ga "Brondbyu"dan atigi 500 ming funt evaziga kelgan. Peter o'sha paytgacha Daniya terma jamoasi tarkibida 40 ga yaqin uchrashuv o'tkazgan, shuningdek, "Brondbyu" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, ammo bu SHmeyxel Angliya futbolida ham xuddi shunday qiyinchiliksiz harakat qilishini anglatmas edi.

O'sha yillarda Aleks Fergyuson ikkinchi darvozabon Les Silining o'rniga nomzod qidirib yurgan edi va u Sunessdan farqli o'laroq, SHmeyxel varianti bo'yicha tortinib o'tirmadi. Keyinchalik shotlandiyalik mutaxassis o'z intervyularida ko'p marta SHmeyxelning xarid qilinishini o'zining murabbiylik davridagi afsonaviy "yurishi" deb atagan.

SHmeyxel "qizil iblislar" safida yashil libosda (u "Yunayted"ning aksariyat muxlislari xotirasida shu rangda muhrlanib qolgan) kun sayin emas, balki soat sayin rivojlanib borgan. Angliya chempionatining ko'plab hujumchilari, ilgari gollarni qalashtirib tashlagan forvardlar ham uning darvozasiga yo'l topishda qiynalishni boshlashgan.

SHmeyxel raqibni psixologik jihatdan engishga muvaffaq bo'lgan. Uning darvozani qo'riqlash paytida "yo'lbarsona" sakrashi alohida tavsifga loyiqdir. Bundan tashqari, Peter raqib birga-bir bir vaziyatga chiqqanda, butun tanasini oldinga siljitib, o'zini hujumkor futbolchining oyoqlari ostiga tashlashdan qo'rqmagan. Tasavvur qiling, 193 santimetrlik "sarg'ish gigant" siz tomon uchib kelsa, cho'chiysiz yoki hech bo'lmaganda chalg'ib qolasiz. SHmeyxel psixologik jihatdan har bir duelda g'olib chiqa olmasligini yaxshi bilar edi, lekin jismoniy fazilatlarini maksimal darajada ishlatishni yaxshi bilardi.

SHmeyxelning Angliyadagi "premerasi" unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan. Aniqrog'i, uning shaxsan o'zi uchun emas, balki 25 yillik seriyani chempionlik unvonisiz tugatgan butun jamoa uchun. "Manchester Yunayted" 1991/92 yilgi mavsumda oltinni olishga yaqinlashdi, biroq ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchradi, bu esa "Lids"ga "qizil iblislar"ni chetlab o'tib, turnir qayta formatlanguniga qadar so'nggi ingliz chempioni bo'lishiga imkon berdi. Alohida aytish kerakki, ingliz futbolining ko'plab tarixchilari "Manchester Yunayted" o'sha mavsumda chempionlik uchun haqiqiy davogarlar qatorida bo'lganligini, asosan, yangi darvozabonning muvaffaqiyatli harakatlari tufayli bo'lgan deya etirof etadilar – SHmeyxel 23 uchrashuvda atigi 16 ta gol o'tkazib yuborgan va 10 ta o'yinni "quruq" yakunlashga erishgan.


SHmeyxel hamma bilan do'st bo'lishga intilmagan. Ko'pincha u dueldagi raqiblariga, hatto jamoadoshlariga urilib, tajovuzkorona tarzda tanbeh berar va hatto urib yuborishi ham mumkin edi. Daniyalik darvozabondan "Yunayted" himoyachilari va yarim himoyachilari ham aziyat chekishgan. SHu sababli bo'lsa kerak, ularning bazilari, mish-mishlarga ko'ra, maydon tashqarisida SHmeyxel bilan do'st tutinishga kirishmagan.  

Xususan, ulardan biri – Roy Kin. Irlandiyalik o'zining avtobiografiyasida SHmeyxel bilan hech qachon til topisha olmaganligini ochiqchasiga aytib o'tgan. Bundan tashqari, Kin mashg'ulotda daniyalik bilan bir necha bor janjallashganini tan olgan. Royning aytishicha, bunga sabab sifatida Peterning hayqiriqlari va imo-ishoralari "teatrlashtirilgan", shu tariqa daniyalik jamoasiga jiddiy yordam bermasdan, faqat o'z shaxsiga nisbatan jamoatchilik etiborini jalb qilishga urinayotganini bog'lagan.

SHunga qaramay, 1992 yildagi omadsiz hodisadan so'ng, keyingi mavsumda "Manchester Yunayted" chempionlikni qayta tikladi va SHmeyxel Premer-liganing tarixiy birinchi mavsumi oltin medalini qo'lga kiritdi. Keyinchalik daniyalik "qizil iblislar" bilan yana 4 marta Angliya chempionati g'olibi bo'ldi va 1999 yilda ular afsonaviy trebl – chempionat va Angliya Kubogidagi g'oliblik, shuningdek, UEFA CHempionlar Ligasini yutishdi.

1999 yilda o'z faoliyatining eng yuqori cho'qqisida turgan SHmeyxel kutilmaganda "Old Trafford"ni tark etib, Portugaliyaning "Sporting" klubiga o'tishga qaror qildi. U erda ikki mavsum o'tkazdi va Lissabon jamoasiga 1999/2000 yilgi chempionatni yutishiga yordam berdi.

Keyin aftidan, eski adrenalin etishmayotganini sezgan Peter yana Angliya Premer-ligasiga qaytdi, uning xizmatlariga "Aston Villa" muhtojlik sezdi. Daniyalik birmengemliklar uchun faqat bir mavsum o'ynadi, keyin Manchesterga ko'chib o'tdi. Biroq bu safar "qizil iblislar" emas, "shaharliklar" safini to'ldirdi. SHmeyxel faoliyatini "Yunayted"da emas, balki uning azaliy raqibi – "Manchester Siti"da yakunladi, buning uchun "qizil iblislar"ning bazi muxlislari shu kunga qadar daniyalikni kechira olmay kelishadi. 

Peter SHmeyxel 2003 yilda futbol o'ynashni to'xtatgan, hozir dunyo futbolida qobiliyatli darvozabonlar talaygina ekanligi va APLning eng yaxshi darvozabonlaridan biri David de Xea "Manchester Yunayted"ning ranglarini himoya qilib kelayotgan bo'lsa-da, aksariyat futbol muxlislari darvozada Peter SHmeyxeldan yorqinroq, o'ziga ishongan, dadilroq hamda ishonchliroq odamni bilmasliklarini va ko'rmaganliklarini ishonch bilan aytib kelishadi.  

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика