Manzilimiz shu ekan...
22 jan 2015 16:07
Yangiliklar

Manzilimiz shu ekan...
Nima deyishni ham bilmaysan kishi. Hammasi o'z qo'limizda edi, birov "mushugimizni pisht" demayotgan bir pallada...
Hozir hamma ehtirosga berilgan payt. Nega unaqa, nega bunaqa. Futbolimizni yaxshilab elakdan o'tkazib olmasak, yillar davomida mana shunday ehtirosga berilib yuraveramiz.
Saudiya Arabistoni bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin "Hech kimning osmonga chiqishga haqqi yo'q, shuningdek..." degan maqolani chop etgan edik. Maqoladagi quyidagi jumlalarni yana bir bor eslatib yuborsak.
"SHorahmedovning ham ustidan kulaverishni bas qiling. Etar balki? Nima uchun avvalgi o'yinda Muhammadiev tushsin dedim? Muhammadiev hujumkor futbol uchun mos himoyachi. U raqib jarima maydonchasi ichida ham xavfli. Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bizga g'alaba juda ham muhim edi va buning uchun terma jamoamiz safida hujumga moyil bo'lgan futbolchilar maydonga tushishlari kerak bo'lardi. Bunday vaziyada SHorahmedovdan "Nasaf" himoyachisining ustun tomoni bor. Ammo natijani ushlash, ikkinchi raqamda harakat qilish kerak bo'lgan paytda SHorahmedovning imkoniyati va tajribasi katta".
2013 yili Janubiy Koreyaga yutkazib qo'yganimizda shunday mazmunda maqola chiqqan edi:
"SHorahmedovni qo'llab-quvvatlaylik. Bizda yaxshi o'yinchilar ko'p emas-ki, birgina xato bilan uni er bilan bitta qilsak. Jo'raevni yodga olaylik, mana bir necha yillardan beri o'ziga kela olmayapti".
Bosim ostida qolgan himoyachi oxir oqibat mana zaxira futbolchisi qatoriga tushib qoldi. Ikki yillik extiroslarimiz natijasida bugun gol o'tkazdik.
Bugun Muhammadiev tomonidan yo'l qo'yilgan qo'pol xato terma jamoamizni ortga qaytishga majbur qildi. Aksiga olib katta musobaqadagi debyutidan bo'lsa kerak, keyingi daqiqalarda huddi o'ziga o'zi savol berib yurgandek ko'rindi. O'zini qo'lga olishi qiyin bo'ldi va biz 10 kishi qoldik. Bu o'yinda murabbiy emas, futbolchilar yutqazdilar. Bo'lib o'tgan 4ta bo'limda ham futbolchilarimizda gol urish uchun 100 foizli imkoniyatlardan bir nechtasi bo'ldi. Bechora Nesterov jamoamizni qutqaraverib charchab ketdi. Ammo bizning futbolchilarda bir zarba bilan to'pni darvoza to'riga tiqib yuboradigan qobiliyat yo'q. Bugungi tezkor futbolda gollar bir zarba bilan raqib darvozasi to'ridan joy oladi. Raqib o'yinda to'liq ustunlikni qo'lga olmadi. Bir xil o'yin edi, biz g'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan o'yin edi. Futbolchilarni ko'zi yonmadi emas, yondi, chaqnadi. Ammo borimiz shu, bo'ldi!
O'yindan keyin hamma, futbolchilardan tortib murabbiylarimizgacha Muhammadievni tinchlantirishga urindilar. Hozir hammaga qiyin, o'zbek futboliga befarq bo'lmaganlar borki, ularning bari alamini kimdan olishni bilmayapti. SHuhrat endi o'ziga kelib olishi kerak, agar muxlislar tomonidan unga ham bosim bo'lsa, yana bitta futbolchini yo'qotganimiz qoladi. Uni qo'llab-quvvatlashimiz kerak endi.
G'olib tarkib o'zgarmaydi deydiganlar ham ko'p, KXDRni mag'lub etgan tarkib o'zgarmadi va Xitoyga imkoniyatni boy berildi. Endi Jeparovni talab qilishyapti, kecha qariya deb talqin qilayotgan edik. Gapirsa gap ko'p, agar gapni qisqa qiladigan bo'lsak, asabni asrang. Oilangizga keraksiz.
Suratga etibor qaratishingizni istar edim. Qosimov haqiqatdan istadi, qo'lidan kelganini qildi. Hoziroq ariza yozishga tayyor. Ammo atrof toza emas ekan, bari befoyda!
Asabiy fikr qoldirayotganlar diqqatiga, iltimos keragi yo'q. SHu kunni unuting, "koment"dan hech qanday ish chiqmaydi. Bizni ham to'g'ri tushuning.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar