So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  0 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  38 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Mansur Saidov: “Neftchi”dan ketishimning sabablari ko'p” Yangiliklar

Mansur Saidov: “Neftchi”dan ketishimning sabablari ko'p”

“Neftchi” jamoasida ro'y berayotgan o'zgarishlar ko'pchilikni hayron qoldiryapti.
Yaqindagina yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlagan bo'lsada, asosiy tarkibning deyarli teng yarmi ketishga qaror qildi. Ularning orasida jamoa etakchisi va sardori Mansur Saidov ham bor. 13 yildan beri farg'onaliklar uchun to'p surib mehnatkash va pleymeyker vazifasini munosib tarzda bajarib keldi. Lekin 2013 yil uning uchun “Neftchi”dagi oxirgi mavsum bo'lib qoldi. Keyingi yildan boshlab futbolchi o'ziga yangi sahifa ochadi.

- “Neftchi” bilan o'rtangizda bo'layotgan holatlar barchani o'ziga qaratyapti. Jamoangizdan ketganingiz haqiqatmi?

- Men haqimdagi gap-so'zlarga kelsam, chindan ham jamoadan ketdim. Bugun (suhbat 14 dekabrda bo'lgan) “Neftchi” qarorgohiga kelib narsalarimni yig'ishtirib u erni tark etdim. Lekin keyingi yilni qaysi jamoada o'tkazishim borasida hech nima ayta olmasam kerak. To'g'ri, takliflar yo'q emas, ammo hali hech nima aniq emas.

- Farg'onada muxlislar sizni qadrlab, hurmat qilishardi. O'zingiz uchun qadrdon bo'lgan klubni birdaniga tark etishingizning sababi nimada?
-  Nima sababdan deysizmi? “Neftchi”ni tark etish sabablari ko'p. Lekin uni sizga ikir-chikirigacha oshkor qila olmayman.

- Baribir nimadir turtki bo'lgandir?
- Masalan, “Neftchi”ni mendan tashqari boshqa o'yinchilar ham tark etmoqdalar. Biroq yangi futbolchilardan hali hech kim kelgani yo'q. SHuncha yil Farg'onada to'p surib ozmi-ko'pmi mehnatimni singdirdim. Endi o'zimni boshqa klubda ham sinab ko'rish vaqti etib keldi shekilli.

- SHu kunga kelib klubni 5-6 nafar futbolchi tark etishga ulgurdi. Bu “Neftchi”ning ichki muhiti yaxshi emasligi bilan ham bog'liqmi?
- Ichki muhit yomon emas, chidasa bo'ladi. To'g'risini aytsam, baribir oldingichalik emas.

- Bosh murabbiy Amet Memet bilan munosabatingiz qanday edi?

- Bosh murabbiy bilan oramizda qanaqadir muammo bor deb o'ylamayman. U bilan yarim yil ishlagan bo'lsam, bir-birimizni yaxshi tushundik va iliq munosabat paydo bo'lgandi.

- Murabbiy sizga katta ishonch bilan qarayotgandi. Futbolchiga esa hamisha murabbiyning ishonchi muhim ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazaradan qaraganda, “Neftchi”da qolishingiz ham mumkin edi, to'g'rimi?

- Bugun ertalab jamoa bilan xayrlashganimda Amet Abdullaevich bilan gaplashdim. To'g'ri aytdingiz, u meni jamoada qolishimni xohlayapti. Biroq boya aytdim, ketishimning boshqa sabablari bor. Memetga yuz berayotgan vaziyatni to'g'ri tushuntirdim, o'ylashimcha u ham meni to'g'ri tushundi.

- Yuriy Sarkisyan “Neftchi”dan ketganidan so'ng jamoada parokandalik yuz berganga o'xshayapti. Hozirgi voqealarning barchasi Sarkisyanning ketgani bilan bog'liqmi?
- Bu erda 13 yil to'p surib asosan bitta murabbiy bilan ishlaganman. SHu vaqt ichida tabiiyki unga ko'nikib, o'rganib qolgandik. SHu sababdan Yuriy Vazgenovichning klubni tark etishi barchamizga salbiy tasir ko'rsatdi va bu holatda o'zimizga kelgunimizgacha mavsum tugab bo'ldi. Uning o'rniga kelganlar bilan til topishib ketgunimizgacha chempionat poyoniga etib bo'lgandi. Baribir Sarkisyanni tark etishi yomon tasir qildi. 13 yil o'ynab faqat bitta odam bilan gaplashib, bitta odam ko'rsatmasi bilan o'ynardik. Hech qachon bunaqangi o'zgarishlarni ko'rmaganman. “Neftchi” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan bo'lsa, shu paytgacha Memetdan boshqa hech kim bilan gaplashganim yo'q.

- Oldingizda jamoalarning variantlari turibdi. Qachon o'zingiz uchun yangi klub nomini elon qilasiz?
- Hozircha ularni o'rganib chiqyapman. Maqsadim o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'ygan jamoada to'p surmoqchiman. Bemalol 3-4 yil futbol o'ynab o'zimni ko'rsatishimga kuchim etadi. SHuni hisobga olib yaxshiroq klubga o'tishni rejalashtirib turibman. Hozir barcha klublar yig'in boshlashgani yo'q, umuman bir qarorga kelmadim.

- Takliflar borasida aniq javob ayta olasizmi?
- Ochig'i, menga rasman hech kim jiddiy taklif bilan chiqmadi. Faqat ayrimlari og'zaki gap-so'zlar borligi haqida aytishyapti. Qolaversa, bungacha “Neftchi”dan rasman ketmagandim. Mana, bugun jamoani tark etdim, o'ylaymanki bundan keyin aniq takliflar bo'lsa kerak. Menimcha ko'p narsa yangi yildan keyin malum bo'ladi deb o'ylayman. Qachonki shartnomaga qo'l ko'yganimdan so'ng oydinlashadi. Hozircha men hech qaerga shoshilayotganim yo'q.

- 13 yil davomida muxlislar mehrini qozonishga erishdingiz. Aytingchi, “Neftchi”ni qanday holatda tark etdingiz?
- Bunday klubni tark etish qiyin. Men 13 yil o'ynagach keyin ketdim, bu – futbol. Mendan oldin esa Anvar Berdiev “Neftchi” bilan xayrlashdi. Eng katta yo'qotish bu Yuriy Sarkisyan bo'ldi. Hayotda hamma narsa bo'lar ekan. Kim o'ylagandi, Yuriy Vazgenovichni ketadi deb?

- Bundan keyin “Neftchi”ni qanday tasavvur qilasiz? Yani, avvalgidek sovrinli o'rinlar uchun kurashishiga ishonasizmi?
- Bugungi kunda jamoaning yuqori o'rinlar uchun kurashishi murakkabdek ko'rinyapti. Hozircha “Neftchi”dan faqat ketganlarni ko'ryapman, kelganlarni emas! SHukur Po'latov, Sardor Mirzaev, Iqbol Akramov, SHerzod Hakimov va SHavkat Nasibullaev 100 foiz ketishdi. Men esa oltinchisi bo'lib klub bilan xayrlashdim. Rosti, yana 2-3 nafar o'yinchi ham ketish arafasida yuribdi. Nimagadir jamoani kuchaytira oladigan futbolchilar taklif qilinmayapti.  

- Ishqibozlar bilan xayrlashdingizmi?
- Hozircha yo'q.

- Muxlislar uchun aytadigan gapingiz bormi?
- Ular bir futbolchi uchun emas, butun jamoa uchun muxlislik qiladilar. Men uchun jonajon jamoam bo'lib qolgan “Neftchi”dan ketishim qiyin bo'ldi. O'tgan vaqt davomida bizni qizg'in olqishlab turishgani uchun muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Ketganimni eshitgan odamlar qo'ng'iroq qilib bazilari omad tiladi, bazilari esa qoling deb iltimos qilishyapti. Qaerda bo'lsam ham farg'onaliklarni unutmayman. “Neftchi”da shuncha yilni o'tkazib faoliyatimni tugatishimga yana bir necha yil qolganida ketish og'ir bo'lar ekan. CHunki futbolni shu erda yakunlayman deb o'ylab yurardim.

- “Neftchi”da o'tkazgan faoliyatngizdan to'la qoniqdingizmi?
- Yoshligimdan beri shu erda o'ynab keldim. Sarkisyan menga qanday futbol o'ynash kerakligini va hayotda qanday o'z o'rnimga ega bo'lishni o'rgatdi. “Neftchi” uchun o'tkazgan yillarimni hech qachon yodimdan chiqara olmayman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика