Mansur Saidov "Neftchi"dan ketadimi?

Narzulla Saydullayev
29 dek 2016, 10:46
Farg'onaning "Neftchi" klubining yetakchisi Mansur Saidov klubdan ketishga yaqin.

Aytish lozimki, tarkibda kutilmagan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jamoa sardori va yetakchisi, uzoq yillardan buyon "Neftchi"da o'ynab kelayotgan Mansur Saidov aytidan klub bilan kelisha olmagan ko'rinadi. Negaki, u yig'inda ko'rinish bermadi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, "Qizilqum" tomonidan ushbu o'yinchiga jiddiy qiziqish bor. Mansur yangi mavsumni boshqa jamoada o'tkazmoqchi. Bu haqda "Futbol Ekspress" nashri xabar berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia