Mane Senegalning JCH uchun qaydnomasiga kiritiladi
11 noy 2022 15:24
Yangiliklar


Mane Senegalning JCH uchun qaydnomasiga kiritiladi
Germaniya grandi "Bavariya" safidagi so'nggi o'yinida jarohat olgan Sadio Mane Senegal terma jamoasining JCH-2022 uchun qaydnomasidan joy oladi.
Bu haqda mamlakat futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Aniq aytishimiz mumkin – Sadio albatta mundial ro'yxatiga kiritiladi", – deya xabar berdi manba.
Mane tez orada qo'shimcha ko'riklardan o'tadi.
30 yoshli senegallik ushbu mavsum Bundesligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar