Mane safga qaytdi
10 fev 2020 20:13
Yangiliklar


Mane safga qaytdi
"Liverpul" forvardi Sadio Mane bugun 10 fevral kunida jamoaning umumiy guruhi bilan mashg'ulotlarda qatnashdi.
Futbolchi jarohatidan butunlay forig' bo'ldi. Eslatib o'tamiz, 27 yoshli hujumchi APLning 24-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. Ushbu jarohati sababli u 2 o'yinni o'tkazib yubordi.
Mane APLning 22 o'yinida 11 gol urdi va 8 assistentlik qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar