Mandanda "Marsel" bilan hamkorlikni davom ettiradi. U klub rekordchisi hisoblanadi
27 avg 2020 00:00
Yangiliklar
Mandanda "Marsel" bilan hamkorlikni davom ettiradi. U klub rekordchisi hisoblanadi
"Marsel" rahbariyati darvozabon Stiv Mandanda bilan yangi shartnoma imzoladi.
Jamoa sardori 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan kelishuvga imzo chekkan. Bitim yakunida golkiper 39 yoshda bo'ladi.
Mandanda "Marsel"dagi debyutini 2007 yilda nishonlagan edi. Ortda qolgan 13 yil davomida u o'yinlar soni bo'yicha klub rekordchisiga aylandi. Stiv "Marsel" libosida 549 uchrashuv o'tkazgan.
Fikrlar