“Manchini terma jamoa uchun to'g'ri tanlov”
28 dek 2019 00:35
Yangiliklar


“Manchini terma jamoa uchun to'g'ri tanlov”
Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchinining mamlakat bosh jamoasi rulidagi xizmatlarini etirof etdi.
“Manchini Italiya terma jamoasi uchun to'g'ri tanlov bo'lganini tezda tushunib etdi. Yosh iqtidorli futbolchilarni potencialidan unumli foydalanib, ularni chiroyli futbol o'ynashga yo'naltirishi - murabbiy bilan g'oyalarimiz mushtarak ekanligidan dalolat beradi. Italiya futbolining yaqin 9-10 yillik rivojlanish dasturi bor”, deya Gravinaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.
Eslatib o'tamiz, ilgariroq Manchini tarixiy natijaga erishgan edi. U Italiya terma jamoasi bilan qatorasiga 11 ta uchrashuvda g'olib chiqqan ilk murabbiyga aylandi. Manchini qo'li ostida Italiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar
08:30
O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi 3

Fikrlar