Manchini: "Pellegrini mening to'qqizta futbolchim bilan o'ynayapti"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2014, 15:06
"Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini Manuel Pellegrini qo'l ostidagi "shaharliklar" o'yini haqida fikr bildirdi.

"Men bu jamoani besh yil oldin qurishni boshlaganman. Ikki yil ichida Premer-liga va Angliya Kubogini yutdik. Angliyada olsa bo'ladigan barcha sovringa ega bo'ldik. Hozir "Siti" tarkibida mening to'qqizta futbolchim o'ynayapti va men bundan xursandman, chunki ularni yaxshi bilaman. Kuchli jamoani besh yilda qurish juda qiyin, "Barselona", "Real" va "Bavariya" kabi klublar ancha oldin yaratilgan va 50 yildan beri cho'qqidadir. "Manchester Siti" ham Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lishiga ishonaman" - deydi Manchini.

Eslatib o'tamiz, Manchini 2009dan 2013 yilgacha "Manchester Siti"ni boshqargan va 2010/11 yilda Angliya Kubogini, 2011/12da esa Premer-liga g'olibligini qo'lga kiritgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com