Manchini: "Italiya terma jamoasi Polsha bilan o'yinda juda ko'p xato qildi"
08 sen 2018 12:43
Yangiliklar
Manchini: "Italiya terma jamoasi Polsha bilan o'yinda juda ko'p xato qildi"
"Bu birinchi uchrashuv, sha sababli xato bo'lishini kutgandim. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. Biroq juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Polshaliklar qarshi hujumlarga o'tish imkoniyatiga ega bo'lib, darvozamizni aniq nishonga olishdi.
Balotelli haqida gapiradigan bo'lsam, unga o'yin amaliyoti kerak. U xalqaro arenada tajribaga ega, biroq jismoniy tayyorgarlik yuqori darajada emas.
G'alaba qozona olmaganimizdan xafaman, ammo alohida futbolchilarning o'yinidan ko'nglim to'ldi. Keyingi uchrashuv Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi, bir nechta o'zgarishlar bo'ladi. Polshaga qarshi ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni rivojlantirishga harakat qilamiz. Navbatdagi bahsda ijobiy natijaga erishish kerak" - deydi Manchini.
Portugaliya - Italiya uchrashuvi 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar