Manchini: "Belgiya terma jamoasi ustidan haqli ravishda g'alaba qozondik"
03 iyu 2021 09:10
Yangiliklar
Manchini: "Belgiya terma jamoasi ustidan haqli ravishda g'alaba qozondik"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Belgiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qaysidir vaziyatda juda qiynaldik deya olmayman. Belgiyadek jamoani mag'lub etish uchun bexato o'ynash lozim - bugun aynan shu narsa sodir bo'ldi.
Ikkita gol urdik, bundan ham ko'proq to'p kiritishimiz mumkin edi. Navbatda - Ispaniya terma jamoasi. Raqiblar qiyinlashib bormoqda", - dedi Manchini.
Fikrlar