Manchini: "Agar yaxshi o'ynasak, yana "Uembli"ga qaytib kelamiz"
26 iyu 2021 09:34
Yangiliklar
Manchini: "Agar yaxshi o'ynasak, yana "Uembli"ga qaytib kelamiz"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Avstriyaga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eski "Uembli" ham ajoyib edi, bugungisi esa fantastik arenadir. Bu erda o'ynash zavq beradi. Faoliyati davomida bunday arenada umuman futbol o'ynamay ketadigan futbolchilar bor.
Agar biz Avstriyaga qarshi yaxshi o'ynay olsak, yana shu erga qaytib kelish imkoniga ega bo'lamiz. Umid qilamanki, shunday ham bo'ladi.
Bizni qiyin o'yin kutayotganini yigitlar tushunib turishibdi. Xato qilish mumkin emas. Avstriya agressiv va texnik tomonlama kuchli jamoa", - dedi Manchini.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020ning yarim final va final o'yinlari "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Fikrlar