"Manchester Yunayted"ning sotuv ishlari to'xtadi
03 sen 2023 13:13
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning sotuv ishlari to'xtadi
"Daily Mail" xabariga ko'ra, xaridorlar bilan kelisha olmagani sababli oila vakillari ishni to'xtatishni maqul ko'rishgan.
"Gleyzerlarning terisi qalin ekan, ularga muxlislarning reakciyasi tasiri bo'lmayapti", - degan xaridorlardan biri.
Endi klubning sotish ishlari 2025 yilda boshlanishi mumkin va o'shanda klub sotuvining moliyaviy faktorlari xaridorlarga ko'proq maqul kelishi va xaridorlar ham ko'proq bo'lishini kutishmoqda. O'z navbatida ular 2025 yilda klublar o'rtasidagi JCH ishtirokchilari 32taga etishi, shuningdek, navbatdagi mundialda ham termalar sonining ko'payishi sababli amerikalik milliarderlarning ko'proq etiborini tortishni o'ylashmoqda.
SHu orqali Gleyzerlar oilasi 2025 yilda klubni eng kamida 7 mlrd funtga sotishni reja qilishmoqda. Eng past narx esa 10 mlrd funtni tashkil qilishi mumkin.
Fikrlar