"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisida yurak kasalligi borligi aniqlandi!
21 dek 2019 19:46
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisida yurak kasalligi borligi aniqlandi!
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, ayni damda "Ayaks" sharafini himoya qilayotgan Deyli Blindning sog'lig'ida muammolar borligi aniqlandi.
Qayd etish kerak, futbolchi Evropa chempionlar ligasi doirasida "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda o'zini biroz yomon his qilgandi.
O'yindan keyin esa shifokorlar futbolchining yuragida muammolari borligini aniqlashdi va "yurak mushaklarining yallig'lanishi" tashxisini qo'yishdi.
Hozircha futbolchi qancha muddatni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi aniq emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar