"Manchester Yunayted"ning bugungi mashg'ulotini ko'rish uchun 12000 muxlis bordi
11 iyu 2019 19:59
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning bugungi mashg'ulotini ko'rish uchun 12000 muxlis bordi
Ayni damda "Manchester Yunayted" Avstraliyada mavsumoldi yig'inlarida qatnashmoqda.
Bugun jamoaning mashg'uloti muxlislar uchun ochiq tarzda o'tkazildi.
Ushbu mashg'ulotni ko'rish uchun Pert shaxridagi stadionga 12000 muxlis tashrif buyurdi.
Qayd etish kerak, ushbu chiptalardan tushgan mablag' G'arbiy Avstraliyadagi kam taminlangan bolalarga yordam beruvchi fondga o'tkazib berilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar