So’nggi yangiliklar

16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  1 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  2 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0

"Manchester Yunayted" yangi mavsumga juda yomon tayyorlanmoqda. Nega? Yangiliklar

"Manchester Yunayted" yangi mavsumga juda yomon tayyorlanmoqda. Nega?

Ayni damda transferlar oynasining eng qizg'in pallasi.

Mavsum yakunlanishi bilanoq ko'plab klublar yangi futbolchilarni tarkibiga qo'shib olish ishlarini boshlab yuborishgandi. Biroq "Manchester Yunayted" ularning qatoriga kirmadi. Mankunianliklar bir qancha futbolchilarga taklif bilan chiqqani borasida mish-mishlar ko'p bo'ldi, biroq ular APLning kuchli oltilik jamoalari ichida futbolchilar bilan shartnoma imzolash borasida juda passiv. Boshqa klublar jamoalarini tartibga solish ishlarini davom ettirayotgan vaqtda, "Yunayted" deyarli hech nima qilmayapti.

MYU avvalo hozirgi tarkibni tartiblab olishi kerak, aslida bu ancha oldin boshlanishi kerak edi. O'tgan davr mobaynida klub jamoaga hech qanday tasir o'tkazmayotgan Fil Jons hamda Aksel Tuanzebeni ketkazib yubordi. O'z navbatida David de Xeaning ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Hozir "Yunayted"ning asosiy tarkibida 33 futbolchi bor - bu juda ko'p. Erik ten Xag bir qancha futbolchilarni rejasiga kiritmagani, tushunarli holat. Hozir Angliya matbuoti MYUdan 10ga yaqin futbolchilar ketishini taxmin qilishmoqda.

Masalan, mankunianliklar tarkibida o'z tarbiyalanuvchilarini hisobga olsa, 6 markaziy himoyachi va 5 nafar chap qanot himoyachisi bor. Ularning barchasiga o'yin amaliyoti berilishi juda qiyin, chunki MYU uchun har bir o'yin juda og'ir o'tmoqda. Undan tashqari, "Yunayted"ning 4 nafar chap va 5 nafar o'ng qanot vingeri bor, shuningdek, Meyson Grinvud ham tarkibga qaytishi kutilmoqda. O'z navbatida markaziy hujumchi Antoni Marsyal ham qanot vingeri sifatida o'zini ko'rsata olishi mumkin.

MYU yangilarni olib kelishi uchun, avvalo, hozirgi tarkibini ko'rib chiqishi lozim. O'tgan mavsumda mankunianliklar transferlar uchun 200 mln evrodan ko'proq mablag' ishlatdi va bu pullarni kreditsiz to'lashning ilojisi bo'lmadi. SHu boisdan MYU hozirda futbolchilarni erkin agent sifatida ketkazib yuborishni emas, balki, sotib yuborishni o'ylashi kerak. Oldinroq malum qilinganidek, klubning tashqi qarzlari 500 mln funtdan oshgan, bu esa bir qancha futbolchilarning klubdan ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Mish-mishlarga qaraganda MYU Din Xenderson, Garri Maguayr, Erik Bayi, Aleks Telles, Brendon Uilyams, Skott Maktominey, Fred, Donni van de Bek, Entoni Elanga va hatto ikki yil oldin 85 mln evroga sotib olingan Jeydon Sancho borasida tushadigan takliflarni o'ylab ko'rishga tayyor turibdi. Albatta, ushbu futbolchilarning barchasini bir transfer oynasining o'zida ketkazib yuborishning ilojisi bo'lmasligi mumkin, ammo sekinlik bilan ularning o'rniga boshqa futbolchilarni "ko'zlab" qo'ysa bo'ladi.

3 iyul kuni klub yozda termalarda o'ynamagan futbolchilarni yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk bosqichini boshlash uchun chaqirib oldi. Termalarda o'ynagan futbolchilar esa 10 iyuldan mashg'ulotlarga qaytadi. 12 iyul kunidan esa "Yunayted"ning mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari boshlanadi. Ammo hozirga qadar MYU tarkibini kuchaytirgani yo'q. Klub yangi futbolchilarni topish uchun juda ko'p vaqt sarflamoqda. O'tgan yili Frenki de Yong bilan bo'lgan holat Meyson Maunt bilan davom etdi. Ammo Meysonning holati niderlandiyalik bilan farqli ravishda transferning amalga oshishi bilan yakunlandi. Biroq bu transfer borasida ham savollar ko'p. Bu haqida yana bir maqola bilan chiqish qilamiz.

Maunt asosan hujumkor yarim himoyachi bo'lib o'ynaydi. Biroq bu nuqtada Brunu Fernandesh bo'ldi, shuningdek, Kristian Eriksen ham. Daniyalik futbolchi chuqur himoyaviy o'yinda ham o'ynay oladi, undan tashqari, portugaliyalikni to'p bilan taminlashga ham juda mos. "CHelsi"ning sobiq futbolchisi ham chuqur himoyaviy o'yinda ham o'zini yo'qotib qo'ymasligi mumkin, shuningdek, qanotlarda ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi. "Yunayted"ning asosiy muammosi esa hujum chizig'ida bo'lib turibdi. Hozirda "Yunayted" tarkibida sof hujumchi sifatida o'tgan mavsum APLda 6 gol urgan Antoni Marsyal bor holos.

O'tgan mavsumda MYUga Markus Reshford katta yordam berdi va APLda 17 gol urishga erishdi. SHu orqali u jamoaning to'purari bo'ldi. Biroq qanot vingerini doim ham hujumda o'ynatish ham to'g'ri kelavermaydi. Buni o'tgan mavsumda Yulian Nagelsmann "proba" qilib ko'rgan, biroq bu tajriba unchalik yaxshi tarzda amalga oshmagandi. Istalgan top-jamoaga tajribali gol uruvchi hujumchi kerak.

"Yunayted"da variantlar unchalik ko'p emas, shuningdek, top-hujumchi uchun katta pul ham ishlata olmasligi mumkin. "Tottenxem" Xarri Keynni APL jamoasiga sotmasligini malum qilgan, "Napoli" esa Osimxen uchun 150 mln evro so'rayapti. Gonsalu Ramush ham bor, lekin uning uchun "Benfika"ga anchagina katta pul talab qilishi ham mumkin. Portugaliyalik futbolchi aslida endigina yorqin mavsumini o'tkazdi. Klub uning boshiga Joau Felishning kunlari tushishini istamayapti.

MYUda darvoza chizig'ida ham muammo bor. Klub David de Xeani rejalaridan chiqarmoqda va erkin agent sifatida jamoadan ketishiga ruxsat bergan. Klub uning o'rnini "Inter"da o'ynayotgan Andre Onana bilan to'ldirmoqchi. Biroq bu ham oson bo'lmaydi. Onanaga "Al Nasr"dan taklif tushganidan keyin MYU bilan muzokaralar og'irlashgan. "Qora-ko'k"larga aslida posbonning qaerda ketishining farqi yo'q. Holat esa bunday: "Inter" kim ko'p to'lasa, darvozabonni shu erga qo'yib yuboradi. MYUda esa hozir asosiy darvozabon "vakanciya"si bo'sh.

Mankunianliklar yangi mavsum uchun tayyorgarlikni asosiy darvozabon, hujumchisisiz boshladi. Yarim yildan buyon klubni sotishga harakat qilayotgan Gleyzerlar oilasi esa hozir yakuniy qarorni chiqara olmayapti. MYU muxlislari katta o'zgarishlar bo'lishiga umid qilishgandi, biroq barchasi kutilganidek emas. Hozirda klub oldingidan-da ko'ra kattaroq noaniqliklar ostida qolib ketdi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика