"Manchester Yunayted" "Vilyarreal" himoyachisi uchun € 50 mln berishga tayyor
24 may 2022 13:48
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Vilyarreal" himoyachisi uchun € 50 mln berishga tayyor
"Manchester Yunayted" ispaniyaning "Vilyarreal" klubi markaziy himoyachisi Pau Torres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Ispaniya termasi himoyachisi "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiy Erik ten Xagga yoqadi.
Avvalroq Pau Torresning tovon puli € 55-60 mln ekanligi haqida xabar berilgandi.
Ushbu mavsumda Pau Torres "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi oltita gol urib, bitta golli uzatma etkazib berdi.
Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchini € 50 mln.ga baholamoqda. Pau Torres bu mavsum UEFA CHempionlar Ligasida "Vilyarreal" bilan birga yarim finalgacha etib bordi va murosasiz kurashda "Liverpul"ga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar