"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" portugaliyalik sport direktori uchun raqobat qilmoqda
25 may 2020 11:57
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" portugaliyalik sport direktori uchun raqobat qilmoqda
Portugaliyalik mutaxassis Antero Enrike faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Enrikega bir yo'la ikki klub davogarlik qilmoqda - "Manchester Yunayted" va "Nyukasl". Bu haqda francuz matbuoti xabar bermoqda.
Ikki klub ham portugaliyalikni sport direktori sifatida jamoaga jalb qilmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl"da mutaxassisni klubga olib kelish uchun imkoniyat kattaroq.
Aynan Enrike tufayli Brunu Fernandeshning "Sporting"dan MYUga o'tishi amalga oshgandi.
Eslatib o'tamiz, MYU oldinroq "Atletiko" sport direktori Andrea Bertaga qiziqayotgan edi.
Fikrlar