"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi firibgarlikda ayblanmoqda
21 avg 2021 21:34
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi firibgarlikda ayblanmoqda
MYU sobiq yarim himoyachisi Anderson qamalishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, sobiq futbolchi firibgarlik va kriptovalyuta operaciyalari yordamida pul yuvishda ayblangan.
Tergov shuni ko'rsatadiki, braziliyalik xavbekdan tashqari jinoiy guruhga yana 7 kishi kiritilgan.
Anderson 2019 yili 31 yoshida faoliyatini yakunlagandi. U "Portu", "Manchester Yunayted" va "Fiorentina"dagi o'yinlari orqali nom qozongan.
Fikrlar