"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Serxio Romero "Veneciya" o'yinchisiga aylandi
12 okt 2021 16:28
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Serxio Romero "Veneciya" o'yinchisiga aylandi
"Manchester Yunayted" va Argentina terma jamoasi sobiq darvozaboni Serxio Romero "Veneciya" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda italyan klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Argentinalik darvozabonning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Xush kelibsan, Serxio" - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Romero "Veneciya"ga erkin agent maqomida o'tdi. Uning o'tgan mavsumda MYU bilan shartnomasi yakunlangandi. Serxio bunga qadar Italiyada "Sampdoriya" klubi sharafini himoya qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar