"Manchester Yunayted" Smollingning narxini ko'tardi
09 fev 2020 15:12
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Smollingning narxini ko'tardi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling "Roma"ga kerak.
30 yoshli angliyalik futbolchi ayni damda ijara asosida "Roma" tarkibida o'ynamoqda. Rim jamoasi futbolchining transfer huquqini MYUdan to'liqligicha sotib olishni istamoqda. Biroq mankunianliklar himoyachining narxini yana bir bor ko'tardi.
"Express" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchini endi 12 mln funt emas, balki, 17 mln funtgagina sotishga tayyor. Biroq moliyaviy imkoniyatlari cheklangan "Roma" ushbu summani to'lay olmaydi va narxni tushirishga harakat qiladi.
Ushbu mavsumda Smolling A Seriyaning 18 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar