"Manchester Yunayted" Ronalduni ortga qaytarishdan bosh tortdi
14 noy 2020 14:56
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Ronalduni ortga qaytarishdan bosh tortdi
MYU rahbariyati "Yuventus"ning 35 yoshli portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarishdan bosh tortdi.
"Qizil iblislar"ga o'yinchining yuqori transfer narxi va maoshi to'g'ri kelmaydi.
Eslatib o'tamiz, o'yinchi 2003-2009 yillar davomida "Manchester Yunayted" tarkibida to'p tepgan.
Krishtianu "Old Trafford"dagi muvaffaqiyatli mavsumdagi so'ng Madridning "Real" klubiga yo'l olgan edi. U 2018 yildan buyon Turinning "Yuventus" jamoasida o'ynaydi.
Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar