"Manchester Yunayted" Ronalduni faoliyatidagi 700-goli bilan tabrikladi. Forvardga esdalik futbolkasi tuhfa etildi
10 okt 2022 20:09
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Ronalduni faoliyatidagi 700-goli bilan tabrikladi. Forvardga esdalik futbolkasi tuhfa etildi
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni yubiley goli bilan tabrikladi.
APLning 10-turi doirasidagi (2:1) "Everton" darvozasiga kiritilgan to'p portugaliyalik hujumchi uchun klub faoliyatidagi 700-si bo'ldi.
"Manchester Yunayted" 37 yoshli hujumchiga orqa tomonida 700 raqami yozilgan futbolka sovg'a qildi.
SHuningdek, “Yunayted” futbolchilari kiyinish xonasida Ronaldu bilan jamoaviy suratga tushishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar