"Manchester Yunayted" Romeroni "Everton"ga ijaraga bermagan
12 okt 2020 22:01
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Romeroni "Everton"ga ijaraga bermagan
"Manchester Yunayted" "Everton" taklifini rad qildi.
Mersisayd klubi Serxio Romeroni ijaraga olishga urinib ko'rgan. Bu haqda The Athletic nashri xabar qildi. Qayd etilishicha, "Everton" rahbariyati ijara uchun 2 million evro taklif qilgan va argentinalik posbonning maoshini to'lashga tayyor bo'lgan.
Ammo "qizil iblislar" taklifni rad qildi. CHunki klub rahbariyati Romeroni kamida 8 million evro evaziga sotib yubormoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar