"Manchester Yunayted" Raysning maoshini "Vest Xem"ga qaraganda uch barobar ko'tarishga tayyor
03 may 2022 11:01
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Raysning maoshini "Vest Xem"ga qaraganda uch barobar ko'tarishga tayyor
"Maanchester Yunayted" yozda "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays uchun asosiy davogar bo'ladi.
"Qizil iblislar" 23 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisining maoshini uch barobarga ko'tarishga tayyor. U hozirda London klubida haftasiga 62 ming sterling maosh olmoqda.
Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum "bolg'a urarlar" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Raysning klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar