Vaziyatlarni ko'kka sovurgan MYU PSJga mag'lub bo'ldi
03 dek 2020 02:53
Yangiliklar


Vaziyatlarni ko'kka sovurgan MYU PSJga mag'lub bo'ldi
Manchester United Marcus Rashford - 32' |
Champions League Grp. H . 5-tur 03/12/2020, 01:00 3
:
1
Tugadi
|
Paris Saint-Germain Neymar - 6', Marquinhos - 69', Neymar - 90' |
Stadion: Old Trafford, 638 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
"Manchester Yunayted" – PSJ 1:3
"Old Trafford"
Gollar: 0:1 – 6 Neymar, 1:1 – 32 Reshford, 1:2 – 69 Markinos, 1:3 – 90 Neymar.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka (Igalo, 90), Lindelef, Telles, Maguayr, Maktomini, Fred, Brunu Fernandesh, Kavani (van de Bek, 79), Marsyal (Grinvud, 79), Reshford (Pogba, 74).
PSJ – Navas, Florenci (Kerer, 78), Markinos, Diallo (Guye, 90), Kimpembe, Danilu Pereyra, Paredes (Errera, 65), Verratti (Rafinya, 78), Neymar, Kin (Bakker, 65), Mbappe.
Ogohlantirish: Fred (23), Paredes (38), Verratti (59).
CHetlatish: Fred (70).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+1. GOOOL! Uchrashuvga nuqta qo'yildi. PSJ uyushtirgan hujum gol bilan yakunlandi. Neymar boshlab bergan hujumni Rafinya zarba bilan yakunlashi mumkin edi, ammo u posbon bilan birga-bir vaziyatda Neymarga pas berdi va undanda qulayroq vaziyatda turgan hujumchi bo'sh darvozani ishg'ol qildi. 1:3.
89. Mbappe USEYN BOLT rejimini yoqdi va katta tezlikda raqib futbolchilaridan qochib ketdi, ammo zarba aniq bo'lmadi. Kilian qulay vaziyatni qo'ldan boy berdi.
86. Mezbon jamoa bir kishi kam bo'lishiga qaramay ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda, PSJ esa himoyadan o'ynashga majbur bo'lyapti.
84. MYU xavfli hujum tashkil qildi va Fernandesh uni bosh bilan zarba orqali yakunlashga intildi. Zarbadan so'ng Keylor Navas to'pni egallab oldi.
79. Pogba Maguayr ikkinchi qavatda yutib bergan to'pni to'xtatib o'tirmay darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
74. O'zgarish: Sulsher Reshford o'rniga Pogbani maydonga tashladi. Ingliz klubi ustozidan aqlli qaror, chunki Reshford o'rnida hujumchi, Fred o'rnida yarim himoyachi rolini birdaniga bajara oladi.
71. Qizil kartochka. Fred maydon markazida qoida buzdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bir necha daqiqa oldin PSJni qamal qilgan MYU endi qiyin ahvolda.
69. GOOOL! PSJ bir amallab gol urdi. Burchakdan uzatilgan to'p qaytarildi, qaytgan to'pga Errera zarba berdi, yo'nalish noaniq bo'lgani uchun to'p yo'nalishida turgan futbolchi uni jarima maydonchasiga burdi. Markinos esa deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi. VARdagilar hech qanday ofsayd yo'q deb hisoblashdi. Menimcha, Markinos o'yindan tashqari holatda edi.
68. ZARBAAAA! Bakker yaqin masofadan De Xea darvozasiga zarba berdi, ammo David seyv ijro etib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.
67. Reshford Navasni aldab o'tdi, ammo burchak o'tkir bo'lgani uchun orqaga pas berdi va hujum yo'qqa chiqdi. Mezbonlar ikkinchi golni urishni eplay olishmayapti. "Sen urmasang, senga urishadi" iborasi ushbu o'yinda ishlatilishi mumkin.
64. ZARBAAAA! Markinos qanotdan Florenci uzatgan t o'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlashga urindi, ammo zarbadan so'ng to'p biroz teparoqdan o'tib ketdi.
62. MYU maydonda huddi bir kishi ko'pdek harakat qilmoqda. PSJ futbolchilari markazgacha ham etib bora olishmayapti.
59. Verratti markazda qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. Bu vaqtda esa Markinosning qovogi yorildi. Jamoa sardori hakamlarga etiroz bildiryapti.
57. MYU nimalar qilyapti??? Dastlab Kavani Navas bilan birga-bir chiqib, to'pni uning ustidan tashlashga urindi. To'p to'singa tegib qaytganidan so'ng Marsyal zarba berdi va to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
55. PSJ hujum uyushtirishda katta muammolarga duch kelmoqda. MYU himoyachi markazdayoq raqib hujumini to'xtatib qo'yyapti.
53. Fred bergan zarbadan so'ng to'p PSJ himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi, ammo bu safar maydon tashqarisi tomonga.
49. MARSYAL! Reshford Antoni uchun hamma ishni qilib berdi, franciyalik to'pni darvozaga bursa bo'ldi edi, ammo hujumchi bergan zarbadan so'ng to'p osomonu-falakka uchdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.
TANAFFUS
45. Bruno jamoadoshining uzatmasidan so'ng raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqayotgandi, Fernandesh zarba berish o'rniga to'pni jamoadoshiga uzatishga qaror qildi va bu qaror xato bo'lib chiqdi. Portugaliyalik futbolchi to'pni o'zi istaganidek uzatolmadi.
41. Florencining qanotdan uzatgan to'pini Mbappe darvozaga burishga urindi, ammo uzatmaning zarbi kuchli bo'lgani tufayli Kilian to'pga eta olmadi.
37. Paredes markazda qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.
34. Mbappe tezkor javob golini berishga urindi, ammo to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
32. GOOOL! RESHFORD hisobni tenglashtirdi! Dastlab Marsyal darvozaga zarba berdi, Navas ijro etgan seyvdan so'ng to'p yana MYU futbolchisiga tushdi. Van Bisakka to'pni orqaroqda turgan Markusga uzatdi va Reshford darvozaga zarba berdi. To'p yo'l-yo'lakay PSJ himoyachisining oyog'iga tegdi va rikoshet bo'lib, darvozaga kirib ketdi.
30. Marsyal raqib jarima maydonchasi ichida PSJ futbolchilarini aldashga kirishib ketdi, ammo to'pni o'zida ko'p ushlab qolgani uchun xatoga yo'l qo'ydi va to'siz qoldi.
23. Hakam monitor oldidan qaytib, MYU futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi. Jabrlanuvchi rolini qiziqqon va janjalkash Paredes ijro etyapti.
21. O'yin to'xtagan bir paytda Fred PSJ futbolchisiga zarba berdi va hakam endi VAR orqali vaziyatni ko'rib, braziliyalik futbolchiga qizil kartochka ko'rsatishi mumkin.
17. PSJ futbolchilari MYU jarima maydonchasi ichida to'pni bir-biriga uzatib, xavfli hujum tashkil qilishdi. Ammo Neymar ijro etgan zarbadan so'ng De Xea to'pni egallab oldi.
16. Reshfordning PSJ darvozasiga bergan zarbasidan so'ng Navas to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
14. NEYMAAAAR! Qanotdan bo'lgan uzatmani Neymar oyoqlari bilan darvozaga burishga urindi, ammo zarba kuchliligi tufayli to'p o'tib ketdi.
13. Dastlabki 12 daqiqa ichidagi to'pga egalik qilish foiziga etibor bering: 30%-70%.
12. PSJ MYUni markazdayoq to'xtatib, to'pni olib qo'ymoqda yoki uni autga chiqarib yuboryapti.
10. Yana o'tkir burchakdan zarba, biroq bu safar masofa uzoqroq bo'lgani uchun De Xea reakciyasini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi va seyv ijro etdi.
6. GOOOL! PSJ hisobni ochdi. Hujumni Kilian Mbappe boshladi. U markazga yaqin joyda hujumga o'tib, Neymar bilan devor uslubida o'ynadi va qaytib kelgan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p rikoshet bo'lib Neymarga tushdi va braziliyalik o'tkir burchakdan darvozani ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.
5. Bahsning dastlabki 5 daqiqasida PSJ raqibidan biroz faolroq bo'ldi, biroq parijliklarda bosim va hayajon borligi bilinib turibdi.
1. Uchrashuv boshlandi.
"Manchester Yunayted" – PSJ
"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelef, Telles, Maguayr, Maktomini, Fred, Brunu Fernandesh, Kavani, Marsyal, Reshford.
PSJ – Navas, Florenci, Markinos, Diallo, Kimpembe, Danilu Pereyra, Paredes, Verratti, Neymar, Kin, Mbappe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar