"Manchester Yunayted" PSJ hujumchisiga shartnoma taklif qildi
16 jan 2020 18:25
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" PSJ hujumchisiga shartnoma taklif qildi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted"ga Kavaniga unga erkin agent sifatida yozda jamoaga o'tishni taklif qildi. Sababi futbolchini qishda sotib olishning imkoni yo'q.
Ingliz klubi va jamoa bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher MYUning hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlamoqda. Bundan tashqari, "qizil iblislar" juda ham xohlagan Erling Xoland Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tib ketdi.
Urugvaylik futbolchining francuz klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi va o'yinchi shartnomani uzaytirishni xohlamayapti.
O'yinchiga shuningdek "Atletiko"dan jiddiy qiziqish mavjud. U Madrid klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgan va yanvardayoq "matraschilar" tarkibiga o'tishni xohlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar