"Manchester Yunayted" portugaliyalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
22 fev 2020, 12:40
"Vulverxempton" hujumchisi Diogu Jota "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Qizil iblislar"ning selekciya xizmati 23 yoshli portugaliyalik futbolchining muvaffaqiyatli o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Jota Yevropa Ligasi doirasida "Espanol"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va "bo'rilar"ga g'alaba keltirdi.

Jotaning "Vulverxempton" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato