"Manchester Yunayted" Perishichga qiziqish bildirmoqda
14 sen 2020 12:08
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Perishichga qiziqish bildirmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Milan klubi 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Perishich o'tgan mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazdi. Germaniya chempionlari "Inter"ga 5 million evro to'lashdi va uni 20 million evaziga xarid qilishlari mumkin edi. Myunxenliklar transfer narxini tushunishga urinishdi, ammo klublar kelisha olishmadi.
Perishich o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 10ta assist qayd etdi. U jamoa bilan birgalikda Bundesliga, Germaniya Kubogi va CHLni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar