Manchester Yunayted muxlislari uchun noxush xabar. Jamoaning bir yo'lla ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
03 apr 11:01
Yangiliklar
Manchester Yunayted muxlislari uchun noxush xabar. Jamoaning bir yo'lla ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
Manchester Yunayted himoyachilari Viktor Lindelyof va Lisandro Martines jarohati sabab bir oy maydonga tusha olmaydi.
«Brentford»ga qarshi uchrashuvda Viktor jarohat olib maydoni tark etgandi. Uning o'rniga maydonga tushgan Martines o'yini tugatib qo'yishga erishgan. Biroq keyin qilingan tekshiruvlardan so'ng Lisandro Martinesning ham jarohati jiddiyroq bo'lib chiqqan.
SHu tariqa, futbolchilar jamoalarining «CHelsi» va «Liverpul»ga qarshi APL uchrashuvlarida va Kubokdan o'rin olgan «Koventri» jamoasiga qarshi bahsda yordam bera olmaydi.
Fikrlar