Manchester Yunayted Morata uchun 50 million evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
15 may 2016, 21:25
Italiya matbuotida tarqalgan xabarlarga qaraganda, Manchester Yunayted Yuventus hujumchisi Alvaro Morata uchun 50 million evro to'lashga tayyor.


Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchini "Real" 30 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega. Morataning o'zi esa Turinda qolishni istaydi.

Bundan bir necha kun avval esa, "qirollik klubi" futbolchini sotib olib, qimmatroq pul evaziga boshqa jamoaga sotmoqchi ekanligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: soccer.ru