"Manchester Yunayted" "Monako" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
05 iyu 2022 22:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707771_original.jpg)
![](/upload/storage/707771_220.jpg)
"Manchester Yunayted" "Monako" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Vissam Ben-Yedder mankunianlar diqqat-markazida.
"Media Foot Marseille" xabariga ko'ra, 31 yoshli forvard MYU hujum chizig'ini kuchaytirib berishi nazarda tutilmoqda. Qo'shimcha qilinishicha, futbolchiga APLning boshqa bir klubi – "Vulverxempton" tomonidan qiziqish mavjud.
Ben-Yedder 2019 yilning avgustidan beri "Monako" sharafini himoya qilib kelmoqda. U o'tgan mavsum "monegasklar" safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda qatnashib, 32 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma qayd etgan. Uning "Monako" bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar