So’nggi yangiliklar

16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  3 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  1 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1

"Manchester Yunayted" Markos Lorente uchun 80 million evro taklif qildi?! Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Markos Lorente uchun 80 million evro taklif qildi?!

AS "Manchester Yunayted"ning Markos Lorentega 70 million funt taklif qilgani haqida yozmoqda.

26 yoshli futbolchi La Ligada etakchilik qilayotgan jamoaning muhim o'yinchilaridan biridir, "Atletiko" "Barsa"dan 4 ochko ko'p jamg'argan.

Markaziy yarim himoyachi joriy mavsum La Liga va CHempionlar Ligasida "Roxiblankos" safida 10ta gol va 9ta assist qayd etdi.

U yarim himoyaning oldingi chizig'ida foydalanilmoqda, "Real"da esa tayanch zonasida o'ynardi.

Bunday universallik "qizil iblislar" etiborini tortda va ularga ayni damda tayanch yarim himoyachisi zarur, sababi shartnoma bilan bog'liq muammo hal etilmasa, Pol Pogba ketishi mumkin.

"Angliya klubi "Atletiko" bilan bog'landi va yarim himoyachi uchun 80 million evro (70 million funt) taklif qildi", - deyiladi AS xabarida.

"Atletiko" Lorenteni sotishni rejalashtirmagan, ammo bunday ajoyib taklif "Roxiblankos"ni bitimni ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin, sababi ushbu mablag' koronavirus sabab kelib chiqqan moliyaviy inqiroz, hamda CHL pley-offiga chiqa olmaganlik sababli mablag'siz qolishni yopib ketishi mumkin.

SHuningdek o'yinchini Ispaniya poytaxtidan yomg'irli Manchesterga ko'chishga ko'ndirish zarur.

Ammo Markos Lorente jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamayapti. Unga "Atletiko" yoqadi va klubni sevadi, Markos Madriddan ketmoqchi emas. U Ispaniya poytaxtida yangi uy qurmoqda.

"Bu haqiqat, u o'z mehnati orqali maoshining ko'tarilishiga sababchi bo'ldi, ammo u moliyaviy inqiroz paytida "Atletiko"dan maoshini ko'tarishni talab qilmagan edi".

Lorentening narxi yaqinda 43 million funtdan 60 million funtga qadar ko'tarildi.

"U CHempionlar Ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'tgan mavsumdagi g'alabali o'yindan beri o'zining ajoyib rivojlanishi bilan kishini lol qoldirmoqda", - deydi Ispaniya mintaqaviy menejeri Tobias Blaseyo.

"Lorente - moslashuvchan o'yinchi va muntazam ravishda gollar urmoqda, u hali ham jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishi mumkin".

"Real" akademiyasidan chiqqan o'yinchi 2019 yilning yozida "Atletiko"ga 30 million evro evaziga o'tgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика