"Manchester Yunayted" markaziy himoyachi xarid qilmoqchi emas

Alisher
21 sen 2020, 14:40
"Manchester Yunayted" APLdagi ilk o'yini doirasida "Kristal Pelas" (1:3)ga mag'lubiyatidan so'ng transfer rejalarini o'zgartirmadi.

"Qizil iblislar" mavsum startiga qadar markaziy himoyachi sotib olishni transfer rejalariga kiritmagan edi. 

Xabarlarga ko'ra, manchesterliklar ilk o'yindan keyin ham fikrlarini o'zgartirishmagan. Angliya klubi hali ham "Borussiya" (Dortmund) o'yinchisi Jeydon Sanchoni boshqa maqsad sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng MYU markaziy himoyachilari Xarri Maguayr va Viktor Lindelyof qattiq tanqid qilindi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic